Kvant fizikasidan amaliy mashg‘ulotlar
Ushbu kitob kvant fizikasi bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishga mo'ljallangan. Unda kvant fizikasining asosiy tushunchalari, atom tuzilishi, nurlanish, yadro fizikasi va elementar zarralar kabi mavzularga oid amaliy masalalar va laboratoriya ishlari keltirilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar va ilmiy izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Nurlanish spektrini o'rganish: Turli moddalarning nurlanish spektrlarini o'rganish, spektroskop va spektrograf tuzilishini o'rganish, nurlanish spektrlarining turlarini o'rganish va atomning chiziqli spektrlaridagi qonuniyatlar va vodorod atomi uchun Bor nazariyasini o'rganish.
- Radiaktiv modda aktivligini aniqlash: Radiaktiv modda, kimyoviy element, radiaktiv izotop haqida tushincha berish, yadro nurlari va ularni qayd etish metodlarini o'rganish, yadro nurlarini qayd etishda qo'llaniladigan asbob uskunalarni o'rganish va berilgan radiaktiv kimyoviy elementning aktivligini aniqlash.
- Stronsiy-90 izotopidan chiqadigan β-zarralar energiyasini aniqlash: Beta-zarralar moddadan o'tganda uni ionlashtirish jarayonini o'rganish, beta-zarralar energiyasining ularning biror modda qalinligidagi chopish yo'li hisobiga qarab aniqlashni o'rganish va beta-zarralarning qayd qiluvchi uskunalari bilan tanishish.
- Schetchikning γ nurlarni qayd qilish effektivligini aniqlash: Rentgen va gamma nurlar ta'sirida tez sunuvchi schetchiklarda fotoeffekt, kompton effekt va elektron-pozitron juftlarining hosil bo'lishini o'rganish, schetchik yerdamida rentgen va gamma nurlarni qayd qilish va uning effektivligini o'rganish va schetchiklarning turlari bilan tanishish va ular yordamida rentgen va gamma nurlarni qayd qilishni o'rganish.
- Gamma –kvantlar va rentgen nurlarining moddada yutilish koeffitsientlarini aniqlash: Rentgen va γ-nurlarining moddadan o'tishi, sochilishi va yutilishi to'g'risida ma'lumot berish, rentgen va γ-nurlarining moddaga ta'sirida sodir bo'layotgan effektlar to'g'risida tasavvur hosil qilish, turli xil moddalarda rentgen va γ-nurlar yutilish koeffitsientini aniqlash va natijalarni taqqoslash va rentgen va γ-nurlarni qayd etuvchi asboblar bilan tanishish va ularning harakteristikalarini o'rganish.
- Chaqnash usulida qayd etuvchi detektor yordamida radioizotopning yemirilish davrini aniqlash: «USS»-tipdagi uskunaning tuzilishi va uning ishlash printsipi bilan tanishish, NaJ(Tl)-kristallarining yorug'lik chiqarish xususiyatlarini o'rganish va radiopreparatlarning yarim yemirilish davrini aniqlash
- Elementar zarrachalar xususiyatlarini EHMLAR yordamida o'rganish: Elementar zarrachalar xususiyatlarini EHMLAR yordamida o'rganish, Fundamental fan deb ataluvchi yuqori energiyalar fizikasi fanining asosiy vazifalaridan biri adronlar xususiyatlarini, ular materiyasining tarkibini va hosil bo'lish sababi va qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir.