Логистика фанидан амалий машғулотлар учун

Ushbu kitob, "Logistika" fanining amaliy mashg'ulotlari uchun uslubiy ko'rsatma bo'lib, "Menejment" sohalari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Unda logistikaning nazariy va amaliy jihatlari, boshqaruv uslublari, xarajatlarni muvofiqlashtirish, tadbirkorlik samaradorligini oshirish kabi masalalar yoritilgan. Kitob mazkur fanni o'rganishda talabalarga uslubiy yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Logistika kursining predmeti va vazifasi: Logistikaning mohiyati, asosiy vazifalari, tizim qismlari va ishlab chiqarish vositalari bozorida moddiy oqimlarni boshqarish zaruriyati.
  • Logistik tizim konsepsiyasining nazariy asoslari: Logistik tizim tushunchasi, xizmat sohalari, faoliyatni baholash va marketing bilan bog'liqligi.
  • Logistikada materiallarni boshqarish va taqsimotni tashkil qilish: Moddiy oqimlar, taqsimot kanallari, buyurtmalarni taksimlash, korxonalarning tashkiliy tuzilmalari.
  • Logistikada strategiya va rejalashtirish: Strategik reja tuzish tartibi, faoliyat strategiyalari va moddiy oqimlarni bashorat qilish usullari.
  • Logistikada transport nuqtai nazarlari: Transport vositalarining turlari, moddiy-texnik bazasi, mahsulotlarni yetkazib berish tizimi va avtotransport harakatining texnik ko'rsatkichlari.
  • Logistik tizimda zaxiralarni boshqarish: Zaxiralarni boshqarish va tovar siyosati, zaxiralarning belgilanishi, moddiy zaxiralarni boshqarish tizimi.
  • Logistik tizimda mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash tizimi: Omborga joylashtirish tizimi, transport omborxonasining moddiy oqimlari, korxonalarni moddiy boyliklar bilan ta'minlash strategiyasi.
  • Logistik axborot tizimlari: Axborotlar yordamida logistik tizimni harakatga keltirish, teskari aloqaga ega axborot tizimini boshqarish, tizimlarning turlari va qurilish tamoyillari.
  • Omborlar jarayonlarini logistika qismlari bilan tashkillashtirish: Omborlarning aniqlanishi, turlari, vazifalari, jarayonlarning tavsifi, ulgurji haridorlarning talablariga ko'ra tovar tuplamini ajratish.
  • Omborlarni rivojlantirish va joylashtirish: Hizmat boshqarish sohasida omborlarning qulay miqdorini aniqlash, xizmat ko'rsatiladigan hududda omborni joylashtirishni aniqlash
  • Logistika sohalarida hizmat bo'shqarish: Logistikada hizmat bo'shqarish tushunchasi, logistik hizmat bo'shqarish tizimini shakllantirish, hizmat bo'shqarish darajasi, xizmat bo'shqarish harajatlarining hizmat bo'shqarish darajasiga bog'liqligi
  • Logistika jaryonlarni vaqt bilan bo'shqarish: Logistika jarayonlar vaqti va korxonaning raqobatbardoshligi, logistikada vaqtning roli