Yengil atletika
Ushbu kitob yengil atletika mashg`ulotlarini tashkil etish, o`tkazish uslubiyotlari, maktabda dars jarayonini rejalashtirish, musobaqalarni o`tkazish, baholash, sport turlari bo`yicha yengil atletika qoidalari haqida ma`lumot beradi.
Asosiy mavzular
- Maktabda yengil atletika darsini tashkil qilish va o'tkazish uslubiyoti: Dars mazmuni, targ'ibot ishlari, maxsus moslamalar yasash, o'qitish etaplari, dars turlari (kirish, tayyorlov, asosiy, yakunlov), yuklamani pasaytirish, konspekt tuzish.
- Yengil atletika musobaqalarini o'tkazish: Musobaqa nizomi, maqsad va vazifalar, o`tkaziladigan joy, rahbarlik qilish, qatnashuvchilar, dastur, komanda birinchiligi, mukofotlash, talablar. Musobaqalar turlari: shaxsiy, komanda, shaxsiy-komanda. Musobaqalar: razryad, tenglashtirish.
- O'quvchilarning yugurish, sakrash va uloqtirish bo'yicha sport-texnikasining tayyorgarligini oshirish metodikasi: Yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini o`rganish bosqichlari,texnikaga ta'lukli ko`rsatmalar, tezlanishlik yugurish, harakat doirasi, burilishda yugurish texnikasini o`rgatish, startdan chikish.
- O`rta masofaga yugurishda texnik tayyorgarligini oshirish metodikasi: O`rta masofaga yugurishda texnik tayyorgarligini oshirish, govlar osha yugurish texnik tayyorgarligini oshirish, estafetalik yugurish texnik tayyorgarligini oshirish, yugurib kelib balandlikka sakrash texnik tayyorgarligini oshirish, texnikani ko`rsatayetganda shugulanuvchining e'tiborini ko`prokqtekis yugo`rganday dadil yugurib kelishiga govga tashlanishga va govdan o`tish ritmi bilan govlar orasida yugurishning boglik bo`lishiga jalb qilish kerak.
- Sakrash va uloqtirish texnik tayyorgarligini oshirish metodikasi: Mashqlarni turli texnik usullar bilan bajarish. Jumladan, rezina tortilgan zalda, sakrash, depsinish va yugurib kelish masofasi mel bilan ko`rsatiladi, orqa tomonda qo`yilgan gimnatika skameyka ustidan sakrash kabi metodik usullardan foydalanish mumkin. Uloqtirishda oyoq muskullari gavda yelkakamari muskullari faol harakat qiladi. Uloqtirishda mashqlar tez katta amplitudada aniq va harakatlarni kelishilganligini talab qilinadi.