Хорижий инвестициялар

Ushbu kitob xorijiy investitsiyalar bo'yicha ma'ruzalar matni bo'lib, O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy kapitalni jalb qilish masalalarini yoritadi. Unda investitsiyalar tushunchasi, turlari, globalizatsiya sharoitida investitsiyalash, xorijiy investitsiyalarni rag'batlantirish, mintaqaviy investitsiya siyosati kabi mavzularga to'xtalib o'tilgan.

Asosiy mavzular

  • Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati: Investitsiya, uning turlari, investitsiya munosabatlari, xorijiy investitsiyalarning sabablari va ahamiyati
  • Globalizatsiya sharoitida investitsiya jarayonlari: Jahon iqtisodiyotining globalizatsiyalashuvida xorijiy investitsiyalarning o'rni, investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish
  • Xorijiy investorlar huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari: O'zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari, investitsiya shartnomalari
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy-uslubiy asoslari: Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiya siyosati, xorijiy investitsiyalarni tartibga solish tajribasi
  • Xorijiy investitsiyalarni rag'batlantirishning zamonaviy shakl va usullari: Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun imtiyozlar, qo'shma korxonalarni tashkil etishda rag'batlantirish
  • Xorijiy investorlar uchun O'zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirish: O'zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning asosiy yo'nalishlari, valyuta operatsiyalari
  • O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar orqali rivojlantirish: Mamlakatning eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotini rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish konsepsiyasi
  • Xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash va tavakkalchilik: O'zbekiston Respublikasida sug'urta bozorining rivojlanishi, xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash
  • Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash: Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samarasi, investitsion loyihalarni baholash usullari
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investitsiyalarni jalb etish: Kichik biznesning ahamiyati, investitsiya muhiti, xorijiy investitsiyalar, moliyalashtirish