Хитой тили дипломатик терминологияси
Ushbu kitob Xitoy tili diplomatiya terminologiyasiga bag'ishlangan bo'lib, unda terminlarning leksik-semantik tahlili, yasalish usullari, shuningdek, ushbu sohadagi adabiyotlar ko'rib chiqilgan. Kitob talabalarga va Xitoy tilini o'rganuvchilarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Termin va terminologiya: Ushbu bobda termin tushunchasi, uning belgilari, terminologiyaning lingvistikadagi o'rni va vazifalari, terminologik sistemalar va terminlarni tadqiq etish metodlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, soha ilmiy maktablari haqida ma'lumot beriladi.
- Xitoy diplomatiyasi: kecha va bugun: Xitoy diplomatiyasining tarixiy rivojlanishi, uning g'oyaviy va nazariy asoslari, Xitoy Xalq Respublikasi diplomatiyasining asosiy bosqichlari va O'zbekiston-Xitoy munosabatlari tahlil etiladi. Ijtimoiy-siyosiy va diplomatik terminlarning genezisi o'rganiladi.
- Xitoy tili diplomatik terminologiyasining leksik-semantik tahlili, yasalish usullari: Ushbu qismda Xitoy tilidagi diplomatik terminlarning leksik-semantik xususiyatlari, yasalish usullari, kompozitsiya va affiksatsiya usullarining o'rni batafsil ko'rib chiqiladi.
- Xitoy tili diplomatik terminlarining hosil bo'lishida o'zlashtirish usuli hamda abreviatsiyaning o'rni va ahamiyati: Chet tillardan o'zlashgan so'zlarning Xitoy tili diplomatiyasiga ta'siri, fonetik va semantik kalkalar tahlili, shuningdek, abbreviaция usulining ahamiyati va turlari ko'rib chiqiladi.
- Diplomatik terminlarning hujjatlardagi formulyarlari: Hujjatlar tilida neologizmlar va qolipli birikmalarning o'rni va ahamiyati, diplomatik hujjatlar turlari, ularning tuzilishi, rasmiy xatlar va bitimlar tahlili.