Hind adabiyoti
Ushbu kitob Hindiston adabiyotining qadimiy davri (meloddan avvalgi IV ming yillikdan melodning XVIII asrigacha) haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- Qadimiy Hindiston subkontinentidagi adabiy-tarixiy jarayon: Qadimiy Hindiston sivilizatsiya markazlaridan biri, Odam Ato aynan shu hududda paydo bo'lgan degan tahminlar borligi, Hindiston yozma yodgorliklarining qadimiyligi
- Qadimgi Hindiston adabiyoti: Vedalar - dastlabki yozma yodgorliklar, ularning yaratilish tarixi, Vedalarning tarkibi va mazmuni, ma'budlar tizimi, falsafasi
- Buddizm adabiyoti: Buddizm maktablari va ularning hind adabiyotiga ta'siri, Jataki - Budda hayoti haqidaga asar, Arya Shura va «Jatakamala», Ashvagxosha ijodi
- Eramizning birinchi ming yilligi adabiyoti: Qadimgi hind ertak va masallari, Panchatantra - qadimgi hind masali, Vetalopanchovinshati - Vetalaning 25 hikoyasi ertagi, Sinxasanadvatrinshati - Shoh taxti haqida 32 hikoya, Hitopadesha - Foydali maslahatlar, Shukasaptati - Toʻtining 72 hikoyasi, Bxaratakadvatrinshati - Monaxlar haqida 32 hikoya
- Qadimgi hind dramaturgiyasi: Birinchi dramaturg Bxasa, Dramaturg Shudraka, Buyuk dramaturg Kalidasa
- Roman va satiraning shakllanishi: Lirik shoir Bxaratrixari, Vishakxadatta ijodi, Yetuk romanistlar: Dandin va Bana, Qadimgi hind satirasi vakili Xaribxadra
- Hindistonda forsiyzabon adabiyot: Hind forsiyzabon adabiyotining shakllanishi, Amir Xusrav Dehlaviy ijodi
- Hind sufiy adabiyot: Hind sufiy adabiyotining asosiy xususiyatlari
- Bxakti adabiyoti: Bxakti diniy-islohotchilik harakati, uning yirik namoyondalari