Anorganik kimyo

Ushbu kitob noorganik kimyo faniga oid ma'ruzalar matnidan iborat bo'lib, unda kimyoviy elementlar, ularning xossalari va birikmalari, kimyoviy reaksiyalar va qonuniyatlar batafsil yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlarining biologiya mutaxassislari uchun mo'ljallangan bo'lib, noorganik kimyo fanining asosiy tushunchalari va qonunlarini o'rganishda yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Kimyoning asosiy qonunlari: Atom-molekulyar ta'limot, moddalar massasining saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, ekvivalentlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni, Avogadro qonuni.
  • Atom tuzilishi: Radioaktivlik, atom tuzilishining planetar modeli, atomlarning elektron formulalari, Pauli prinsipi, Xund qoidasi, valentlikning kvant mexanik tabiati, atomlarda elektron bulutlarning strukturasi, energiyaning minimumga intilish prinsipi.
  • Elementlar davriy sistemasi: D.I. Mendeleyevning davriy qonuni, davriy sistema va uning tuzilishi, davriy sistemada element atomlarining xossalarini o'zgarishi.
  • Kimyoviy va molekulalararo ta'sir: Kimyoviy bog'lanishning asosiy xususiyatlari, kimyoviy bog'ni hosil bo'lish mexanizmi, kimyoviy bog'ni asosiy turlari, kimyoviy elementlarning valentligi, atom orbitallarning gibridlanishi, koordinatsion birikmalarda kimyoviy bog'.
  • Kimyoviy kinetika va muvozanat: Kimyoviy reaksiya tezligi va ta'sir etuvchi omillar, katalizatorlar, kimyoviy muvozanat va ta'sir etuvchi omillar.
  • Eritmalar: Eritmalar haqida umumiy tushunchalar, eritmalarning konsentratsiyasi, to'yingan eritmalari, eruvchanlik, eritmalarning xossalari, eritmalarning bug' bosimi, eritmalarning qaynash va muzlash temperaturalari.
  • Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi: Elektrolitik dissotsilanish, dissotsilanish darajasi, bosqichli dissotsilanish, kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanish konstantasi, kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati, ionli reaksiyalar, eruvchanlik ko'paytmasi, tuzlarning gidrolizi.
  • Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari: Oksidlanish va qaytarilish prosesslari, oksidlanish darajasi, asosiy oksidlovchi va qaytaruvchilar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari, elektrod potensial haqida tushuncha, gazli elektrodlar, galvanik elementlar nazariyasi, elektroliz.
  • VII guruxning p-elementlari: Umumiy xarakteristika, Ftor, Xlor, Brom, Yod elementlarining olinishi, birikmalari, xossalari.
  • VI guruxning p-elementlari: Umumiy xarakteristika, Kislorod, Oltingugurt, Selen, Tellur, Poloniy elementlarining tabiatda uchrashi, birikmalari, xossalari.
  • V guruxning p-elementlari: Umumiy xarakteristika, Azot, Fosfor, Mishyak, Surma va Vismut elementlarining tabiatda uchrashi, olinishi, birikmalari, xossalari.
  • IV guruxning p-elementlari: Umumiy xarakteristika, Uglerod, Kremniy, Germaniy, Kalay va Qurgoshin elementlarining tabiatda uchrashi, olinishi, birikmalari, xossalari.
  • I guruxning s-elementlari: Umumiy xarakteristika, Litiy, Natriy, Kaliy, Rubidiy, Seziy elementlarining olinishi, birikmalari, xossalari.
  • II guruxning s-elementlari: Umumiy xarakteristika, Berilliy, Magniy, Kalsiy, Stronsiy, Bariy elementlarining olinishi, birikmalari, xossalari.
  • VI guruxning d-elementlari: Umumiy xarakteristika, Xrom, Molibden va Volfram elementlarining olinishi, birikmalari, xossalari.
  • VIII guruxning d-elementlari: Umumiy xarakteristika, Temir gruppachasi elementlarining olinishi, birikmalari, xossalari.