Texnologik jarayonlarni modellashtirish asoslari
Ushbu kitob "Texnologik jarayonlarni modellashtirish asoslari" fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, texnika fanlari bakalavrlari uchun mo'ljallangan. Unda texnologik jarayonlarni modellashtirishning nazariy va amaliy asoslari, matematik modellar tuzish usullari, optimallashtirish masalalari va ularni yechish yo'llari, shuningdek, kimyoviy reaktorlarni modellashtirish kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Kitobda keltirilgan misollar va amaliy topshiriqlar talabalarning bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Texnologik tizimlarni modellashtirish asoslari: Fanning maqsadi va vazifalari, texnologik tizimlar, ularning tuzilishi va xususiyatlari, tizimlarni tahlil qilish va sintez qilish.
- Matematik modellashtirish: Matematik modellar tuzish usullari, modelning adekvatligini baholash, modellashtirish algoritmlari.
- Eksperimental statistik modellashtirish: Regression tahlil, korrelyasion tahlil, eksperimental ma'lumotlarni qayta ishlash.
- Ideal oqimlar modellari: Ideal siqib chiqarish modeli, ideal aralashtirish modeli, diffuzion model, yacheykali model, kombinatsiyali model.
- Kimyoviy reaktorlarni modellashtirish: Kimyoviy kinetika asoslari, davriy va trubasimon reaktorlarni modellashtirish.
- Optimallashtirish usullari: Optimallik kriteriylari, maqsad funksiyasi, chiziqsiz dasturlash usullari, gradient usullari, nogradient usullari.
- Hisoblash eksperimenti: Texnologik jarayonlar va tizimlarni hisoblash eksperimenti oʻtkazish yoʻli bilan oʻrganish