Бизнес маркетинги
Ushbu kitob biznesda marketingning ahamiyati, turlari, strategiyalari, tahlili va tashkil etilishini o'rganishga bag'ishlangan. Unda marketingning turli sohalari, jumladan sanoat, agrosanoat, kapital qurilish, intellektual mahsulotlar, birja faoliyati, notijorat, bank va sug'urta, qimmatli qog'ozlar bozoridagi marketing kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda marketingni tashkil etish, axborot texnologiyalari sohasidagi marketing, xalqaro marketing, biznes-reja va marketing dasturining aloqasi, innovatsion marketing kabi mavzular ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Biznes marketing kursi: Biznes marketingning mohiyati va konsepsiyasi, biznes marketing kursining predmeti va vazifalari, biznes marketingning muhiti, kursning ayrim muammolari va ularni hal qilish yo'llari.
- Sanoat marketingi: Sanoat marketingining xususiyatlari, sanoat marketingida integratsiya tizimi, O'zbekistonda sanoat marketingining rivojlanishi, sanoat korxonalarida marketingni tashkil etish.
- Agrosanoat kompleksidagi marketing: Agromarketing xususiyatlari va funksiyalari, agromarketingni boshqarish va rejalashtirish tizimi, agromarketing axborot tizimi.
- Kapital qurilish ob'ektlari marketingi: Kapital qurilish ob'ektlari marketingining xususiyatlari, K+Oin sotish faoliyatining tahlili, kapital qurilish ob'ektlari bozoridagi raqobat tahlili, kapital qurilish ob'ektlari marketingi strategiyasini ishlab chiqish.
- Intellektual mahsulot bozorlaridagi marketing: Intellektual va ishlab chiqarish mulki, ularning mohiyati, intellektual mahsulotlar bozori va uning xususiyatlari, litsenziyaviy bitimlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va ulardan foydalanish, xizmatlar bozori, ularning tovar sifatidagi xususiyatlari.
- Birja faoliyatidagi marketing: Birja savdosining rivojlanishi, marketing tizimida birja kontraktlari va bitimlarining turlari, birja xizmatlari marketingi.
- Notijorat marketingi: Notijorat marketingi bilan shug'ullanadigan tashkilotlar, notijorat marketingida almashuv jarayonlari, siyosiy marketing, shaxsiy marketing.
- Bank va sug'urta faoliyati marketingi: Bank marketingi, sug'urta faoliyati marketingi.
- Qimmatli qog'ozlar bozoridagi marketing: Qimmatli qog'ozlar bozori marketing ob'ekti sifatida, qimmatli qog'ozlar marketing strategiyasiga qo'yiladigan talablar, qimmatli qog'ozlar bozorida vaziyatni tahlil qilish va segmentatsiya xususiyatlari, qimmatli qog'ozlar bozoridagi marketing strategiyasi alohida turlarning xususiyatlari.
- Xorijiy investitsiyalarga ega korxonalarda marketing: Xorijiy investitsiyalarga ega korxona tuzishda marketing xususiyatlari va faoliyati, qo'shma korxonaning biznes-reja va marketing dasturi, marketing dasturini ta'minlash, xorijiy investitsiyalarga talab va taklif.
- Axborot texnologiyalari sohasidagi marketing: Axborot tijoriy tarqatuv predmeti sifatida, axborotni tijoriy tarqatish texnologiyasi va indsustriyasi, axborot marketingini tashkil qilish.
- Xalqaro marketing: Xalqaro firmalar faoliyatida marketing, xalqaro firmaning ishlab chiqarish-xo'jalik bo'linmasida marketing faoliyatini tashkil qilish, xalqaro firmada marketing faoliyatining texnologiyasi.
- Biznes-reja va uning marketing dasturi bilan aloqasi: Biznes-rejaning vazifasi va asosiy maqsadlari, biznes-reja va uning asosiy bo'limlarining mazmuni, biznes-reja ishlab chiqishning asosiy bosqichlari va muammolari.
- Innovatsion marketing: Innovitsion faoliyat marketingining mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari, milliy iqtisodiyotning rivojlanishida innovatsiya marketingining roli, innovatsiyalar bozorning davlat tomonidan tartibga solinishini kuchaytirish.