Психология

Ushbu kitob "Psixologiya" fanidan seminar mashg‘ulotlarini olib borish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma bo‘lib, unda psixologiya fanining asosiy tushunchalari, metodlari va yo‘nalishlari, shuningdek, shaxs, sezgi, diqqat, xotira, tafakkur, nutq, xayol, his-tuyg‘ular, iroda, faoliyat, temperament va qobiliyat kabi psixologik xususiyatlar seminar mashg’ulotlarini tashkil etishga oid metodik ko‘rsatmalar jamlangan.

Asosiy mavzular

  • Psixologiyaning predmeti va vazifalari: Psixologiya fanining mohiyati, vazifalari, tadqiqot metodlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. Psixik aks ettirish shakllari.
  • Oliy nerv faoliyati va psixika: Oliy nerv tizimining tuzilishi va vazifalari, shartli reflekslar, oliy nerv faoliyatining asosiy jarayonlari, bosh miya yarim sharlarining signallik vazifasi.
  • Psixikaning rivojlanishi: Psixikaning rivojlanishi, nerv tizimining evolyutsiyasi, inson psixikasining paydo bo'lish shartlari, ijtimoiy muhitning ta'siri.
  • Shaxs va uning shakllanishi: Shaxs tushunchasi, ehtiyojlar, motivlar, qiziqishlar, dunyoqarash, e'tiqod, ideallar.
  • Diqqat va sezgilar: Diqqatning fiziologik asoslari, turlari, sezgilar haqida tushuncha, sezgi turlari va ularning xususiyatlari.
  • Idrok va xotira: Idrokning fiziologik asoslari, yaxlitligi, anglanganligi, konstansligi, xotira turlari, jarayonlari va individual farqlari.
  • Tafakkur: Tafakkurning fiziologik asoslari, turlari, fikrlash operatsiyalari, tushunchalar, hukmlar, xulosalar, mantiqiy masalalarni yechish.
  • Nutq: Til va nutq haqida tushuncha, nutqning fiziologik mexanizmlari, idrok qilish, tushunish va nutq turlari.
  • Xayol: Xayolning fiziologik asoslari, turlari, obrazlar yaratish usullari.
  • Hissiyot: Hissiyotning fiziologik asoslari, ifodalanishi, faoliyatdagi roli.
  • Iroda: Iroda haqida tushuncha, irodaviy harakatlar, shaxsning irodaviy sifatlari.
  • Faoliyat: Faoliyat tushunchasi, turlari, uning tarkibi, ko'nikma va malakalar.
  • Temperament: Temperament tushunchasi, turlari va fiziologik asoslari.
  • Xarakter: Xarakter haqida tushuncha, xarakterning tuzilishi, inson xarakterining tarkib topishi.
  • Qobiliyatlar: Qobiliyatlar haqida tushuncha, qobiliyat va zehn, qobiliyat va bilimlarning aloqadorligi