Pеdagogik mahorat
Ushbu kitob bo`lajak o`qituvchilarni pedagogika sohasida bilimlarini oshirishga qaratilgan. Unda pedagogik mahorat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, o`qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat va kommunikativ qobiliyat, pedagogik texnika, o`qituvchi odobi, muloqot madaniyati kabi mavzularga oid ma'lumotlar keltirilgan. Kitob, shuningdek, buyuk mutafakkirlar va pedagoglarning ta'lim-tarbiya sohasidagi fikrlarini ham o`z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Pedagogik mahorat fanidan: Pedagogik mahoratning tushunchasi, tuzilishi, ahamiyati va vazifalari. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari: insonparvarlik, qobiliyat, pedagogik texnika va shaxsiy intilish.
- Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o`qituvchi mahorati masalalari: Qadimgi davrlardan boshlab pedagogik mahoratga oid qarashlar. Buyuk Sharq mutafakkirlarining va xorijiy pedagoglarning pedagogik mahorat haqidagi fikrlari.
- O`qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat: Pedagogik qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi va turlari: didaktik, akademik, pertseptiv, nutq qobiliyati, tashkilotchilik, avtoritar, kommunikativ qobiliyat, pedagogik xayol va diqqatni taqsimlash qobiliyati.
- O`qituvchining kommunikativ qobiliyati: Kommunikativ ko`rinishlar, pedagogik nizo kamchiliklar hamda ularning oldini olish yo`llari. Muomala kommunikativ faoliyat sifatida, kommunikativ texnologiyaga yondashuv.
- O`qituvchi va o`quvchi orasidagi muloqot madaniyati va psixologiyasi: Muloqotning mohiyati, turlari va tamoyillari. Muloqotga kirishishda milliy qadriyatlarning roli. Pedagogik muloqotni tashkil etish.
- O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi muloqot madaniyati: Muloqotning ahamiyati, o`qituvchining o`quvchilarga munosabati. Muloqot jarayonini boshqarish usullari.
- Pedagogik nazokat va pedagogik odob-ahloq: O`qituvchi odobi, uning maqsadi va o`ziga xos qonuniyatlari. O`qituvchining kasbiy axloqi va unga rioya qilishning ahamiyati.
- Pedagogik texnika haqida tushuncha: Pedagogik texnika tushunchasi, uning tuzilishi va shakllantirish usullari. Verbal va noverbal kommunikatsiya. O`qituvchining odob-axloqiy ko`nikmalari va shaxsning jamoada ta'sir ko`rsata bilish texnikasi.