Биржа иши, аукцион ва ярмаркаларни бошқариш
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan "Marketing" yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan "Birja ishi, auktsion va yarmarkalarni boshqarish" fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Kitobda birja paydo bo'lish tarixi, birja tuzilishi, a'zolarining huquq va majburiyatlari, savdo qoidalari, kelishuv turlari, xejeerlash va fyuchers shartnomalari kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Birja ishi, auktsion va yarmarkalarni boshqarish fanining nazariy asoslari: Birjaning paydo bo'lish tarixi, bozor iqtisodiyotida o'rni, auktsion va yarmarkalarning infratuzilmadagi o'rni.
- Birja, uning tushunchasi va statusi, birja tashkil topishining xususiyatlari va birja faoliyati: Birja tushunchasi, statusi, vazifalari, tuzilishi, tashkil topish xususiyatlari, a'zolarining huquqlari va faoliyatining qonuniy asoslari.
- Savdo qatnashuvchilari va ularni olib borish tartibi: Birja a'zolari, majlislarni olib borish tartibi, savdo shakllari va tartibi.
- Birja kelishuvlari: Kelishuvlarning turlari, klassifikatsiyasi, tovar birjalari kelishuvlari, real tovarlar bilan kelishuvlar, muddatli kelishuvlar.
- Broker mijoz bilan ishlashi: Broker va mijoz munosabatlarining xususiyatlari, shartnoma turlari, brokerning takdimoti, javobgarligi.
- Fyuchers shartnomalari: Fyuchers shartnomalarining mazmuni, tayyorlash tartibi, forward shartnomalaridan takkoslanishi, asosiy tavsifi, optsionlar, sotish va sotib olish shartnomalari, premiya.
- Xejdirlash: Tovarlarni fyuchers birjasining vazifasi sifatida, xejdirlashning mazmuni va mohiyati, asosiy qoidalari, yashirin savdo qilish qoidalari.
- Fond birjalari: Fond birjalarining asosiy vazifalari, O'zbekistonning fond bozori, birja a'zolari, birjaning boshqaruv organlari va tashkiliy tartibi, kimmatli kog'ozlar.