Бел ва думғаза чигалларининг вазифавий анатомияси

Ushbu kitobda bel va dumg‘aza chigallarining tuzilishi, hosil bo‘lishi, shoxlari va innervatsiya sohalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, oyoq terisining innervatsiyasi, periferik nervlarning tarqalish qonuniyatlari haqida ma'lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • Bel chigali (plexus lumbalis): Bel chigalining hosil bo‘lishi, shoxlari (muskul shoxlari, yonbosh-qorin osti nervi, yonbosh-chov nervi, tanosil-son nervi, sonning lateral teri nervi, yopqich nerv, son nervi) va ularning innervatsiya sohalari.
  • Dung‘aza chigali (plexus sacralis): Dung‘aza chigalining hosil bo‘lishi, qisqa shoxlari (muskul shoxlari, ustki va pastki dumba nervlari, uyatli nerv) va uzun shoxlari (son terisining orqa nervi, quymich nervi) hamda ularning innervatsiya sohalari.
  • Oyoq terisining innervatsiyasi: Oyoq terisining innervatsiyasida bel va dumg'aza chigalining shoxlari ishtirok etadi. Dumg'a sohasini ustki va o'rta dumga nervlari, son sohasini tanosil-son, yopqich, son, sonning orqa teri nervi shoxlari innervatsiya qiladi. Boldir terisini son, katta boldir, umumiy kichik boldir nervi shoxlari innervatsiya qiladi. Oyoq panjasini ust tomonini yuza va chuqur kichik boldir nervi shoxlari, oyoq kafti terisini esa medial va lateral kaft nervlari shoxlari innervatsiya qiladi.
  • Periferik nervlarning tarqalish qonuniyatlari: Nervlar markaziy nerv tizimi joylashgan o'rta chiziqdan yon tomonga qarab tarqaladi. Tana tuzilishi ikki tomonlama simmetriyaga asoslangan. Nervlar segmentar tuzilishni saqlaydi. Nervlar miyadan chiqqan joydan a'zogacha qisqa yo'l bilan boradi. Agar a'zo hosil bo'lgan joydan surilsa, nerv ham uning ketidan yo'naladi. Agar mushak bir nechta miotomdan hosil bo'lsa, bir nechta nerv bilan innervatsiya qilinadi. Yuza (teri) nervlar teri osti venalari bilan, chuqur nervlar esa arteriya, vena va limfa tomirlari bilan tomirli-nervli dastalarni hosil qiladi.