Arab filologiyasiga kirish
Ushbu kitob arab filologiyasiga kirish, arab tili va adabiyotining tarixi, rivojlanishi, asosiy manbalari, o'zbekistonda arabshunoslik maktabining shakllanishi va rivojlanishi haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- Filologiyaga kirish. Arab filologiyasi: Filologiya tushunchasi, uning asosiy vazifalari, arab filologiyasining o'ziga xos jihatlari, arab xalifaligida madaniyat va arab tilining tutgan o'rni.
- Xom-som tillar oilasi: Tillarning klassifikatsiyasi, xom-som tillar oilasining tarmoqlanishi, xom-som tillar oilasining umumiyligi, arab tili grammatikasi va lug'atini o'rganishga hissa qo'shgan olimlar.
- Arab tili va arab yozuvining paydo bo'lishi: Arablarning qadimiy davlatlari va ularning arab tili rivojiga qo'shgan hissasi, arab yozuvining kelib chiqishi, arab tilining paydo bo'lishi.
- Arab adabiy tilining paydo bo'lishidagi asosiy manbalar: Arab adabiy tilining paydo bo'lishida qadimgi arab og'zaki ijodiyotining tutgan o'rni, saroy shoirlari she'riyati, Qur'on-arab tilida yozilgan muqaddas manba, Qur'oni karim tarjimalari.
- Arab adabiy tilining rivojlanish davri: Arab adabiy tilining rivojlanish bosqichlari, hozirgi zamon arab adabiy tilining muammosi.
- Arab mamlakatlarida arab tilining mavjud turlari: Arab mamlakatlarida arab tilining iste'molda mavjud bo'lgan turlari, arab kitobot usulining rivojlanishi.
- Arab yozma tilidagi yodgorliklar: Dastlabki arab tilidagi yodgorliklari, fanda arab yozma yodgorliklarini o'rganilishi.
- Arab tili va adabiyotini arab matnlaridan tashharida o`rganilishi: Evropa olimlari arab grammatikasi haqida, arab naqvining yaratilishi tarixidan.
- Evropa va Rossiyada arabshunoslikning rivojlanishi: Rus arabshunos olimlarining arab tili rivojiga qo`shgan hissasi, X.K.Baranov hayoti va ijodi, I.Yu. Krachkovsikiy hayoti va ijodi.
- O`zbekistonda arab filologiyasi: O`zbekiston arabshunoslari, B.Z. Xolidov hayoti va ijodi, U.I.Karimov-sharqshunos olim, N.I.Ibrohimov-Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining yirik arabshunos olimi.