Arxeologiya asoslari
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Arxeologiya asoslari" fanidan o'quv dasturining ishchi o'quv rejasidir. Unda fanning maqsadi, vazifalari, asosiy mavzulari, seminar mashg'ulotlari rejalari, talabalar mustaqil ishlari, reyting baholash mezonlari, adabiyotlar ro'yxati va qo'shimcha materiallar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Arxeologiya asoslari faniga kirish: Arxeologiya fanining rivojlanish tarixi, fanining maqsad va vazifalari, arxeologik davrlashtirish va xronologiya, arxeologiya va tarixning o'zaro bog'liqligi, arxeologik tadqiqot usullari, madaniy qatlam, fanning yordamchi tarmoqlari.
- Paleolit davri arxeologiyasi: Paleolit davrining xronologiyasi, davrlashtirilishi, xo'jalik xususiyatlari, Osiyo, Yevropa va Afrikaning paleolit davriga oid yodgorliklari tavsifi, tosh qurollarga ishlov berish texnologiyasi, O'rta Osiyoning paleolit davri tavsifi, ibtidoiy tasviriy san'at va ilk diniy qarashlar.
- Mezolit davri arxeologiyasi: Mezolit davrining o'rganilish darajasi, xronologiyasi va davrlashtirish, Yevropa, Rossiya va Kavkaz hududlarida mezolit, O'rta Osiyoning mezolit davri yodgorliklari, mezolit davri san'ati, yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, moddiy madaniyat, mikrolitlar.
- Neolit davri arxeologiyasi: Neolit davri xususiyatlari va xronologiyasi, Yevropa va Rossiya, O'rta Osiyoning neolit davri madaniyatlari (Joytun, Kaltaminor, Sazag'on va Hisor madaniyatlari), neolit inqilobi, dehqonchilik manzilgohlari, tosh qurollar, hunarmandchilik, tasviriy san'at, ijtimoiy munosabatlar.
- Eneolit davri arxeologiyasi: Eneolit davri xronologiyasi, tavsifi va o'rganilishi, eneolit madaniyatining rivojlanish bosqichlari, Mesopotamiyada shahar-davlatlarning shakllanishi, Eron va Afg'oniston eneolit davrida, O'rta Osiyoning eneolit davri madaniyatlari (Anov-Nomozgoh, Sarazm), manzilgohlar, qurilish va me'morchilik, hunarmandchilik taraqqiyoti, haykalchalar.
- Bronza davri arxeologiyasi: Bronza davri tavsifi, Yevropa va Kavkaz, Eron, Afg'oniston va Hindistonning bronza davri yodgorliklari, Rossiya hududidagi bronza davri madaniyati (afanasev va andronovo madaniyatlari), Janubiy Turkmaniston, Janubiy O'zbekiston va Tojikiston hududlarida bronza davri, Zamonbobo, Tozabog'yop, Qayroqqum madaniyatlarini tavsifi.
- Temir davri arxeologiyasi: Temir davriga umumiy tavsifi, Urartu davlati madaniyati, Skif va sarmat qabilalari madaniyati, Rossiya hududida ilk temir davri, Turkmaniston, Shimoliy Baqtriyaning ilk temir davri yodgorliklari, So'g'd ilk temir davrida, O'rta Osiyoning shimoliy viloyatlarida jamiyat taraqqiyotining o'ziga xosligi.
- Antik davri arxeologiyasi: Antik davr haqida umumiy ma'lumot, Shimoliy Qora dengiz hududidagi antik davr davlatlari, Kavkaz hududidagi antik davlatlar, Sibir hududidagi antik davr madaniyati, O'rta Osiyoda markazlashgan davlatlarning tashkil topishi, Parfiya, Marg'iyona, Xorazm, Baqtriya, So'g'dda saroy va ibodatxonalar qurilishi, haykaltaroshlik san'atining shakllanishi va o'sishi, me'morchilik va san'atda ellin hamda budda an'analarining paydo bo'lishi.
- Ilk o'rta asrlar davri arxeologiyasi: Ilk o'rta asrlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyot, ibodatxonalar, saroy va uy-joy me'morchiligi, san'atning yuksalishi, yirik feodal davlatlari (Hazar va Turk hoqonliklari), O'rta Osiyo ilk o'rta asrlar davrida.
- Rivojlangan o'rta asrlar davri arxeologiyasi: O'rta Osiyoda arablar bosqini oqibatlari, Movarounnahr, Xuroson, Farg'ona IX-XII asrlarda, O'rta Osiyoda mo'g'ullar bosqini oqibatlari, Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyatning rivojlanishi. dehqonchilik markazlari, yirik shaharlar va manzilgohlar, qurilish va me'morchilik, hunarmandchilik turlari.
- So'nggi o'rta asrlar davri arxeologik yodgorliklari: O'rta Osiyo Shayboniylar va Ashtarxoniylar hukmronligi ostida, diniy me'morchilik (masjid, madrasa, xonaqoh), tasviriy san'at (miniatyura), kulolchilik, qurilish va me'morchilik, hunarmandchilik turlari, so'nggi o'rta asrlar moddiy madaniyati xususiyatlari.