Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi mutaxassisligi bo`yicha ta`lim olayotgan magistrantlar uchun mo`ljallangan.

Ushbu kitob yuqori molekulyar birikmalar va plastmassalar texnologiyasi asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda sintetik va tabiiy polimerlar, ularning ishlab chiqarilishi, xossalari va qo'llanilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitobda laboratoriya mashg'ulotlari, ularning maqsadi, bajarish tartibi va hisoblash usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, turli polimer materiallar olish, ularning xossalarini aniqlash va modifikatsiyalash bo'yicha topshiriqlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Past bosimli polietilen olish: Tsigler-Natta katalizatorlari ishtirokida polietilen sintez qilish usuli, polimerlanish reaktsiyasi sxemasi, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar, polimerning chiqishini aniqlash.
  • Polistirolni emulsiyada olish: Emulsiya usulida polistirol sintez qilish, polimerlanish vaqtining ta'siri, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar, polimerning chiqishini aniqlash.
  • Stirolning eritmada polimerlanishi: Turli erituvchilarning polistirolning chiqishi va molekulyar massasiga ta'siri, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar, polimer hosil bo'lishi va molekulyar massasini aniqlash.
  • Stirol va akril kislotasi nitrilining sopolimerini suspenziya usulida olish: Stirolni arilonitril bilan sopolimerlash, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar, polimerning hosil bo'lish miqdori va suyuqlanma indeksini topish.
  • Polivinilatsetatni emulsiyada olish va uning asosida elastik plenka xamda qoplamalar tayyorlash: Emulsiya usulida polivinilatsetat sintez qilish, elastik plyonkalar olish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar, emulsiya tarkibidagi bo'sh vinilatsetat va quruq qoldiq miqdorini aniqlash.
  • Metakril kislotasi efirlarining eritmada polimerlanishi: Erituvchilarning qutbliligi va miqdorining polimetilmetakrilatni chiqishi va molekula massasiga ta'siri, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar, polimerni viskozimetrik usulda molekula massalarini aniqlash.
  • Metakril kislota efirlarining massada polimerlanishi: Initsiator miqdori, xarorat va vaqtning polimetak-rilatlarni chiqishi va molekula massasiga ta'sirini o'rganish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar.
  • Toluilendiizotsianat va furfuril spirtidan eritmada oligoamidouretan olish: Bosqichli polimerlanish reaktsiyalari yordamida termoreaktiv xarakterga ega bo'lgan oligoamidouretanlarni sintez qilish usuli bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar,Oligoamidouretan eritmasini qovushqoqligini aniqlang.
  • Furfuril spirti asosida berkitilgan diuretan olish: Izotsianatlarni ishlatish vaqtida ularni odam organizmiga zararsiz bo`lgan berkitilgan diuretanlar bilan almashtirish maqsadida, ushbu duretanlarni sintez qilish usuli bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Fenol - formaldegid oligomerini sintez qilish (novolak smolasi): Novolak smolasi (oligomeri) xossalariga fenol bilan formaldegidni molyar nisbatlari va katalizatorlar hilini ta`sirini o`rganish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Fenol-formaldegid oligomerini sintez qilish (rezol smolasi): Rezol tipidagi fenol-formaldgid oligomerlari strukturasi va xossalariga, fenol-formaldegidlarni molyar nisbatlari, xamda katalizatorlar hilini ta`sirini o`rganish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Yuqori molekula massali novolok oligomerini olish: yuqori molekula massasiga ega bo`lgan termoreaktiv oligomerlarni sintez qilishni usullaridan biri bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Melamin - mochevina - formaldegid oligomerlari va ular asosida press kukun xamda qatlam plastik olish: amino-aldegid oligomerlarini sintez qilish va ular asosida turli plastik massalar olish texnologiyalari bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Kungaboqar moyi bilan modifitsirlangan yog'li pentaftal poliefirini olish: alkid oligomerlarini moylar bilan modifitsirlash va sovuqda qotuvchan poliefirlar olish texologiyalari bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Furfuril spirti va formaldegiddan oligomer olish: furfuril spirti va formaldegid asosida fenol-formaldegid oligomerlariga o`xshaø termoreaktiv oligomerlar sintez qilsh texnologiyasi bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Furfuril - formaldegid smolasi asosida getinaks olish: kafedrada yaratilgan yangi plastik massalar bilan tanishib, ularni ishlab chiqarish texnologik jarayonini egallash, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Mipora ko`pik plastigini olish: amino-aldegid oligomerlari asosida olinadigan mipora ko`pik plastigini ishlab chiqarish texnologik jarayoni bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Oligoepoksid va malein angidridi asosida issiqda qotadigan elim olish: epoksid oligomerlaridan xarorat ta`sirida qotadigan elim olish texnologiyasi bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Xlorlangan polietilen olish: tayyor polimerlarni turli reaktsiyalar yordamida modifitsirlash reaktsiya va texnologiyalari biran tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Stirolni divinilbenzol bilan xosil qilgan sopolimeridan kationit olish: tikilgan sopolimerlarda polimeranologik reaktsiyalr o`tkazib, yangi xil polimerlarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Stirolni divinilbenzol bilan hosil qilgan sopolimeridan anionit olish: Qo`llanilgan tikilgan sopolimerlar asosida turli funktsional guruxli va turli xossalarga ega poimerlar olish texno-logiyasi bilan tanishish. Ushbu anionit ikki bosqichda olinadi, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Polivinil spirtini ishqor ishtirokida olish: o`z monomeridan sintez qilib bo`lmaydigan polimerlarni ishlab chiqarish texnologiyasining biri bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Polivinil spirtini katalitik alkogoliz usulida olish: Magistrantlarni o`z monomeridan sintez qilib bo`lmaydigan polimerlarni boshqa polimerlardan sintez qillishning bir necha xil usullari borligi bilan tanishtirish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Qattiq ko`pik poliuretanlar olish: turli plastmassalar olishda o`rganiladigan qonuniyatlar bilan kafedra xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan ko`pik poliuretanlar olish misolida tanishish va qonuniyatlarni magistirlik ilmiy ishida qo`llash, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar
  • Oq va och - jigarrang rangli pentaftal emallarini tayyorlash: turli hil va hossalarga ega bo`lgan emalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bilan tanishish, ishlatiladigan xom ashyolar va jihozlar