Geоlоgiya va geоmоrfоlоgia asоslari
Ushbu o'quv qo'llanma geomorfologiya va geologiya fanlarining asosiy tushunchalari, Yer tuzilishi, geologik jarayonlar, relyef shakllari, tektonik harakatlar, magmatizm, zilzilalar, iqlimning ta'siri, nurash, daryo va ko'l havzalari, shamol ta'siri, karst hodisalari va muzlik releflarini o'rganadi.
Asosiy mavzular
- Geomorfologiyaga kirish: Geomorfologiya fanining predmeti, vazifalari va usullari, uning geologiya va geografiya fanlari bilan aloqasi. Yer yuzasining relyefi, uning kelib chiqishi va rivojlanishi.
- Relyefning umumiy tavsifi: Relyef shakllari va elementlari, ularning morfometrik va morfografik tavsifi. Relyefning genezisi va yoshi. Endogen va ekzogen jarayonlarning relyef hosil qilishdagi roli.
- Endogen jarayonlar va relyef: Tektonik harakatlar, magmatizm va vulkanizm, zilzilalar. Ularning relyefga ta'siri. Litosfera plitalarining harakati.
- Ekzogen jarayonlar va relyef: Nurash, eroziya, deflyatsiya, korraziya. Ularning relyef shakllarini yaratishdagi roli. Iqlim omilining ahamiyati.
- Flyuvial jarayonlar va relyef shakllari: Daryolar va ularning ishlari. Daryo vodiylari, oʻzanlar, qayirlar va terrasalar. Daryolarning eroziya va akkumulyatsiya faoliyati.
- Arid oʻlkalar relyefi: Choʻl iqlimi va uning geomorfologik jarayonlarga ta'siri. Shamolning roli, deflyatsiya va korraziya. Qumli va toshloq choʻllarning shakllari.
- Karst hodisasi va karst relyefi: Karstning hosil boʻlish sharoiti va rivojlanishi. Karst relefi shakllari: voronkalar, gʻorlar, quduqlar va boshqalar. Karstning ahamiyati.
- Glyatsial va muzloq relyef shakllari: Muzliklar va ularning hosil boʻlishi. Glyatsial relyef shakllari: karlar, tsirklar, morenalar va boshqalar. Koʻp yillik muzloq erlar va ularning relefi.
- Qirgʻoqlar relyefi: Dengiz va okean qirgʻoqlarining shakllanishi. Abraziya va akkumulyatsiya. Qirgʻoq tiplari.