Мatematikadan amaliy mashg‘ulоtlar
Ushbu kitob oliy o‘quv yurtlarida matematikani o‘rganuvchi talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar yechimini osonlashtirish maqsadida yaratilgan. Kitobda matematika analizidan tortib, ehtimollar nazariyasigacha bo‘lgan turli bo‘limlarga doir misol va masalalar jamlangan. Har bir mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar berilib, so‘ng misollar yechish usullari ko‘rsatilgan, talabalarga mustaqil ishlash uchun topshiriqlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Analitik geometriya va chiziqli algebra: Tekislikda Dekart koordinatalari sistemasi va toʻgʻri chiziq tenglamalari, uchburchak yuzini hisoblash, to'g'ri chiziqlar orasidagi burchakni topish.
- Tekislikda egri chiziq tenglamalar: Ellips, giperbola va parabolaning ta'riflari, tenglamalari, xususiyatlari va ularga doir masalalarni yechish.
- Matematik analiz va differensial hisob: Limitlar nazariyasi, funksiyaning uzluksizligi, hosila, funktsiyani hosila yordamida to'la tekshirish.
- Integral hisob: Boshlang'ich funktsiya va aniqmas integralni hisoblash,ratsional kasr funktsiyalarni integrallash, aniq integralni hisoblash.
- Koʻp oʻzgaruvchili funktsiya va xususiy hosilalar: Ko'p o'zgaruvchili funktsiyaning aniqlanish sohasi, xususiy hosila va tula differentsial, ikki oʻzgaruvchili funktsiya ekstremumi.
- Differentsial tenglamalar, karrali integral va qatorlar nazariyasi: Sodda differentsial tenglamalarni echish,karrali integlar,qatorlar nazariyasi.
- Ehtimollar nazariyasi: Tasodifiy hodisa ehtimolini xisoblash,Bernulli formulasi uchun limit teoremalar,tasodifiy miqdor sonli xarakteristikalari, ishonchlilik intervalini xisoblash.