Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Ushbu kitob avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) va ta’mirlash ishlarini tashkil etish, ularni amalga oshirish texnologiyalari, hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Kitob avtotransport sohasida ta’lim olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etiladi.

Asosiy mavzular

  • Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi fanining predmeti, vazifalari va manbalari: Ushbu mavzu avtomobil sanoati rivojlanishi, "Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi" fanining vazifalari va manbalariga bag'ishlangan.
  • Avtomobillarning texnik holati va ishlash qobiliyatini ekspluatatsiya jarayonida o'zgarishi: Mazkur mavzuda ekspluatatsiya jarayonida avtomobillarning texnik holatining o'zgarish tasnifi, ularning ishonchliligi ko'rsatkichlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, yeyilish jarayonlarining mexanizmlari ham ko'rib chiqilgan.
  • Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash tizimi: Mavzu rejali ogohlantiruvchi tizimning vazifalari va asoslariga bag'ishlangan. Unga qo'yiladigan talablar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, avtomobillarga TXK va ta'mirlash xaqida nizom, avtomobillarga servis kitobchasi bo'yicha xizmat ko'rsatish masalalari yoritilgan.
  • Avtomobil kuzovi va kabinasiga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Mavzuda avtomobillar bo'yicha bajariladigan yig'ishtish-tozalash ishlari, avtomobillarni yuvish ishlari va usullari, ATKda ishlatilgan suvdan qayta foydalanish, avtomobillarni quritish ishlari texnologiyasi, avtomobillarning kuzov va kabinalarini ta'mirlash ishlari texnologiyasiga bag'ishlangan.
  • Avtomobil dvigateliga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Mazkur mavzu Krivaship-shatun (KSHM) va gaz taqsimlash (GTM) mexanizmlarida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari, dvigatelni nazorat-qarov va diagnostikalash ishlari texnologiyasi, KSHM va GTM bo'yicha bajariladigan TXK ishlari, KSHM va GTM bo'yicha ta'mirlash ishlariga bag'ishlangan.
  • Avtomobil dvigatelning sovitish va moylash tizimiga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Ushbu mavzuda sovitish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari, sovitish tizimiga TXK va JT ishlari texnologiyasi, moylash tizimida uchraydigan nosozliklar ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari, moylash tizimiga TXK va JT ishlari texnologiyasiga bag'ishlangan.
  • Avtomobil yonilg'i ta'minlash tizimiga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Mavzu Korb'yuratorli motorlarning yonilg'i ta'minot tizimi, dizel motorining ta'minlash tizimi (TT), gaz ballonli motorning (GBM) ta'minlash tizimiga bag'ishlangan.
  • Avtomobil elektr jihozlariga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Ushbu mavzuda Akkumulator batareyalarida (AKB) uchraydigan asosiy nosozliklar va uning alomatlari, dvigatelning o't oldirish tizimidagi uchraydigan asosiy nosozlik-lar va ularning alomatlari, elektr jihozlarida uchraydigan nosozliklar va ularning alomatlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Avtomobil transmissiyasiga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Transmissiyadagi asosiy agregatlar (ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, tarqatish qutisi, kardanli uzatma va orqa ko'prik, asosiy uzatma va h.k.) bo'yicha uchraydigan nosozliklar va ularning alomatlari, transmissiya agregatlarini diagnostikalash, TXK va joriy ta'mirlash ishlari texnologiyasi ko'rib chiqilgan.
  • Avtomobil boshqarish mexanizmlariga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Ushbu mavzuda Rul boshqarmasida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari, ularga diagnoz qo'yish, sozlash, moylash va mahkamlash ishlarini bajarish texnologiyasi, To'xtatish tizimi, uning turlari, uchraydigan asosiy nosozliklari va ularning alomatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Avtomobil yurish qismiga TXK va ta'mirlash ishlari texnologiyasi: Mazkur mavzuda Yurish qismida uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari, Yurish qismiga TXK ishlari texnologiyasi, shinalarga TXK texnologiyasi, shinalarni ATK sharoitida ta'mirlash texnologiyasi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Avtomobillarga TXK va ta'mirlash ishlari texnologik jarayonini tashkil qilish: Ushbu mavzuda Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish (TXK) texnologik jarayoni haqida umumiy tushuncha va ularning tavsifi, TXK texnologik jaryonini tashkil qilish, Ta'mirlash ishlari texnologik jarayonini tashkil qilish, Ko'tarish, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni, Ajratish-yig'ish ishlari texnologik jarayoni ko'rib chiqilgan.
  • Turli tabiiy-iqlim sharoitida avtomobillardan foydalanishni ta'minlash: Ushbu bobda Avtomobillardan har xil iqlim sharoitida foydalanishda, uning ishlash qobiliyatiga va mustahkamlik ko'rsatkichlarini o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, sovuq iqlim sharoitida avtomobillarni saqlash va saqlash anjomlaridan foydalanishning samarali usullari ham ko'rib chiqilgan.
  • Ixtisoslashtirilgan xarakatdagi qismga TXK va ta'mirlashning o'ziga xos xususiyatlari: Ushbu bob Ixtisoslashgan xarakatdagi qismni mahsus jihozlariga TXK va T tizimi, O'zi ag'dargich, ko'tarish mexanizmlari, furgon, avtotsisterna va refrejeratorlarga TXK va JTga bag'ishlangan.
  • Avtotransport korxonalarida moddiy-texnika ta'minoti: Mavzuda ATK larda moddiy texnik ta'minoti xizmati vazifalari, Ehtiyot qismlar va materiallarni me'yor bo'yicha rejalash, ATK ni yonilg'i va boshqa energiya resurslari bilan ta'minlash, Suyuq yonilg'ini tashib kelish, saqlash va tarqatish, Yonilg'i sarfini me'yorlash masalalari yoritilgan.
  • Avtomobil transportini atrof muhitga, aholiga va ishlovchilarga me'yoriy ta'sirini ta'minlash: Mazkur mavzuda Avtomobil tarsportini ekologikligi, ATK da avtomobillarni chiqindi gazlarini zararligini kamaytirish borasidagi ishlarni tashkil qilish, shovqin va unga qarshi kurash usullari haqida ma'lumotlar berilgan.