Заболевания слизистой оболочки полости рта
Ushbu kitob og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining kasalliklari, ularning etiologiyasi, patogenezi, klinik ko'rinishlari, tashxisi va davolash usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda kasalliklarni aniqlash, differentsial tashxis o'tkazish va adekvat davolash rejasini tuzish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining tuzilishi va kasalliklar klassifikatsiyasi: Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining anatomik va gistologik tuzilishi, fiziologiyasi, kasalliklar klassifikatsiyasi, shilliq qavatning har xil qismlarining tuzilishidagi farqlar.
- Shilliq qavat kasalliklarini tashxislash usullari: Asosiy va qo'shimcha tashxislash usullari, anamnez, klinik ko'rik, laboratoriya tekshiruvlari, gistologik va sitologik analizlar, allergik testlar.
- Shilliq qavatning asosiy patologik jarayonlari va shikastlanish elementlari: Sponjioz, akantoliz, giperkeratoz, parakeratoz, papillomatoz, infiltrativ va ekssudativ elementlar, birlamchi va ikkilamchi shikastlanish elementlari.
- Mexanik, fizik va kimyoviy shikastlanishlar: Shikastlanish etiologiyasi, klinik manzarasi, tashxislash, differentsial tashxislash va davolash usullari.
- Infektsion kasalliklar: Virusli (oddiy va o'rab oluvchi herpes, gerpangina, yashur), bakterial (yara-nekrotik stomatit) va zamburug'li (kandidoz) kasalliklar.
- Allergik va toksik-allergik kasalliklar: Etiologiya, klinik manzarasi, tashxislash, differentsial tashxislash va davolash usullari.
- So'rilishlar, etiotrop va etiopatogen davo taktikasini tanlash qollanilishi.: Allergik ta'sirlanishlar , qizil va qizil yassi temiratki, shilliq qavatida qanday namoyon bo'ladi shularni qiyosiy tashhislash
- OITSda shilliq qavatining o'zgarishlari: OITS infeksiyasi va uning og'iz bo'shlig'idagi belgilari, klinik ko'rinishlari, tashxislash va davolash usullari.
- Surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit: Etiologiyasi, klinik manzarasi, tashxislash, differentsial tashxislash va davolash usullari.
- Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining o'zgarishlarini kelitirib chiqaradigan sabablar: Ekzogen intoksikatsiyalar, turli xil kasbiy zararli ta'sirlar, ichki kasalliklar va avitaminozlar
- Til kasalliklari va anomaliyalari: Glosstalgiya, geografik til, rombsimon glossit, burmali til va boshqa anomaliyalar.