Релели ҳимояси ва унинг автоматикаси
Ushbu kitobda elektroenergetika tizimlarida releli himoya qurilmalarining algoritmi, funksional va prinsipial sxemalari, hamda elementlari keltirilgan. Elektr energiyasini ishlab chiqarishdan iste'molchiga yetkazguncha bo'lgan jarayonlar, ya'ni generatorlar, transformatorlar, elektr uzatish liniyalari, shinalar, elektr motorlar va boshqa elektr qurilmalari uchun releli himoyasi va uning avtomatikasi haqida umumiy ma'lumotlar aks ettirilgan.
Asosiy mavzular
- Releli himoya va avtomatikaga qo'yilgan talablar: Releli himoya va avtomatikaga qo'yiladigan asosiy talablar: selektivlik, tez ishlash, ishonchlilik, sezgirlik va zaxiralash.
- O'lchov o'zgartgichlar: O'lchov o'zgartgichlar (tok va kuchlanish transformatorlari) releli himoya sxemalarida yuqori kuchlanish zanjirini himoya zanjiridan izolyatsiya qilish, kirish kattaliklarini o'lchash uchun qulay bo'lgan kattalikka o'zgartirishda qo'llaniladi.
- Releli himoya va avtomatikaning bazaviy elementlari: Elektromexanik, yarim o'tkazgichli, mikroelektronli, elektr issiqlik elementlari va simmetrik tashkil etuvchi filtrlar.
- Nisbiy selektivli himoyalar: Maksimal tokli himoya, maksimal tokli yo'naltirilgan himoya, tokli kesim, minimal va maksimal kuchlanish himoyasi va masofadan boshqarish himoyalari.
- Absolyut tanlab iшлайдиган ҳимоялар: Bўйлама ва кўндаланг дифференциал Ҳимоялар ва дифференциал-фазали юқори частотага эга бўлган Ҳимоялар киради.
- Energetik tizimning asosiy elektr jihozlarining himoyalari: Transformatorlar, avtotransformatorlar, generatör va elektir dvigatellarni himoya qilish usullari va ularning muhim томонлари.
- Elektr ta'minoti tizimida avtomatika qurilmalari: Avtomatik boshqaruv, rostlash, yuksizlantirish, avtomatik qayta ulash va ularga quyilgan talablar va parametrlarni hisoblash.