Оdam genetikasi
Ushbu kitob inson genetikasi, genetika injeneriyasi va biotexnologiya kabi mavzularni o'z ichiga oladi. U talabalarga va biologiya sohasiga qiziquvchilarga mo'ljallangan. Kitobda irsiyat, o'zgaruvchanlik, mutatsiya, genlar va xromosomalar tuzilishi kabi asosiy tushunchalar batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- O'zgaruvchanlik va uning xillari: Organizmlarning belgi va xususiyatlari bo'yicha o'zaro farq qilish xossasi o'zgaruvchanlik deyiladi. O'zgaruvchanlik irsiylanmaydigan va irsiylanadigan xillarga bo'linadi. Irsilanmaydigan o'zgaruvchanlik modifikatsion o'zgaruvchanlik deb nomlanadi. Irsiy o'zgaruvchanlik esa kombinativ, rekombinativ va mutatsion o'zgaruvchanlikga ajraladi.
- Mutatsion o'zgaruvchanlik: Mutatsion o'zgaruvchanlik deganda organizm genotipi xromosomalar, nuklein kislotalar, genlar o'zgarishi bilan bog'liq o'zgarishlar tushuniladi. Mutatsiya to'g'risidagi nazariya dastlab gollandiyalik olim Gugo de Friz tomonidan ishlab chiqilgan. Uning qisqacha mazmuni: 1) Mutatsiya birdaniga ro'y beradigan, sifat jihatdan farqlanuvchi o'zgaruvchanlik. 2) U turg'un, shu bilan birga turli yo'nalishdagi o'zgaruvchanlik. 3) Mutatsion o'zgaruvchanlik foydali va zararli bo'lishi mumkin. 4) O'xshash mutatsiyalar takrorlanishi mumkin.
- Modifikatsion o'zgaruvchanlik: Bir xil genotipga ega organizmlarda tashqi muhit o'zgarishi ostida hosil bo'lgan tashqi o'zgarishlar modifikatsion o'zgaruvchanlik deb ataladi.
- Xromosoma, gen, genom mutatsiyalari: Har bir biologik tur boshqa turdan xromosomalar soni, shakli, hajmi bilan farklanadi. Evolyutsion jarayonda xromosomalar faqat soni, hajmi bilan bir qatorda tuzilishi ham o'zgaradi. Xromosomalar soni, shakli, hajmi va tuzilishi bilan bog'liq mutatsiya xromocoma mutatsiyasi yoki abberatsiyasi deb nomlanadi.
- Genetik injeneriya haqida tushuncha: Organizm genlari ёки генларнинг ташқи кўринишини инсон манфаатларини кўзлаган холда ўзгартирилишига генетика инженерияси деб аталади. Генетик инженериянинг тадқиқот обйектлари бўлиб вируслар, бактериялар, тубан замбуруғлар, ҳайвон ва ўсимлик ҳужайралари саналади.