Юридик Ва Жисмоний Шахсларни Солиққа Тортиш

Ushbu kitob Oʻzbekiston kasb-hunar kollejlari uchun moʻljallangan oʻquv qoʻllanma boʻlib, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, soliqqa tenglashtirilgan toʻlovlar, ularni hisoblash tartibi, byudjetga toʻlash muddatlari hamda soliqlar faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. Qoʻllanma iqtisodiy yoʻnalishdagi kollej talabalari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Soliqqa tortish asoslari: Soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq toʻlovchilarning huquq va majburiyatlari, soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan toʻlovlarga umumiy tushunchalar, soliqlar iqtisodiy mohiyati, ularning oʻziga xos belgilari, soliqqa tortish obʼektiga qarab guruhlanishi, soliq toʻlovchilarning huquq va majburiyatlari.
  • Yuridik shaxslarni soliqqa tortish tizimi: Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi, soddalashtirilgan soliq tizimi (yagona soliq toʻlovi), savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish, qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun yagona yer soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aktsiz soligʻi, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi, yuridik shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq.
  • Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi: Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk soligʻi, jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoliga soliq.
  • Byudjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy ajratmalar: Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Maktab taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi.