Архитектура элементларини компьютер имкониятларидан фойдаланиб лойиҳалаш
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining San'at fakulteti «Chizma geometriya, chizmachilik va uni o'qitish metodikasi» kafedrasi 2-kurs magistranti Abdinazarov Shovkat tomonidan yozilgan «Arxitektura elementlarini kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib loyihalash» nomli magistrlik dissertatsiyasi keltirilgan. Unda arxitektura elementlarini kompyuter yordamida loyihalashning nazariy va amaliy asoslari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Kompyuter texnologiyalarining ta'lim tizimiga kirib kelishi, axborot texnologiyalari, multimediya, internet va WEB-texnologiyalarning ahamiyati, kompyuter grafikasi va uning imkoniyatlari.
- Tahlil: Uzluksiz ta'lim tizimida chizmachilik fanining o'rni, kompyuter grafikasi asoslari, muhandislik kompyuter grafikasini o'qitishning ahamiyati, kompyuter grafikasi bo'yicha adabiyotlar tahlili.
- Kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib qurilish arxitektura elementlarini loyihalash asoslari: Qurilish chizmalari va ularning turlari, arxitektura elementlari va ularning chizmalari, arnament, naqshlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari.
- Arxitektura elementlaridan amaliyotda foydalanish: Arxitektura elementlaridan tashkil topgan intererni perspektivada loyihalash, kompyuterda interer dizaynini yaratish usullari.