Og`zaki nutq – bilim olish manbai
Ushbu referat talabalarga mo`ljallangan bo'lib, unda og'zaki nutqning ahamiyati, tinglash mahorati, konspektlashtirish ko'nikmalari va ularni shakllantirish usullari haqida ma'lumot berilgan. Referatda tinglashning negizi diqqat ekanligi, ma'ruzani qanday konspektlashtirish, tinglash jarayonida kospektlashtirish ko`nikmasini shakllantirish bosqichlari, notiqning fikrlarini diqqat bilan kuzatish, chalg`imaslik, nimani eshitsak, shuni qabul qilish, boshqacha aytganda, faol tinglovchi bo`lish kerakligi ta'kidlangan. Konspekt tuzishning ahamiyati, reja asosida ishlash, asosiy qoidalarni ajratish va ularni o'zaro bog'lash kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Mahorat bilan tinglashning negizi: Tinglashning negizi diqqat ekanligi, tinglashda diqqat faolligi muvaffaqiyatining muhim vositasi bu qaydlar etib borishdir. Talabalar og'zaki nutqni qanday yozishni bilmay, notiq so`zlarining barchasini qayd etishga harakat qilishadi. So`zma-so`z yozishga urinishning keragi yo`q. O`qituvchining hikoyasini so`zma-so`z yozib borishning imkoni yo`q, chunki og'zaki nutq yozma nutqdan o`zib ketadi.
- Ma'ruzani qanday konspektlashtirish: Yozishga kirishishdan avval, tinglashni o`rganish kerak. Tinglash bu g'oyat murakkab aqliy mehnat. Tinglash jarayonida notiq yoki lektorning nima haqida so`zlayotganini anglash va yozish, asosiy g`oyalarni ajratish va ularni o`zaro biriktira olish kerak.
- Tinglash jarayonida kospektlashtirish ko`nikmasini shakllantirish: Konspektda faqatgina asosiy masalalar, qoidalar emas, balki notiq tomonidan mavzuni ochish uchun qo`llangan faktlar, muhim ahamiyatga ega misollar ham kiritiladi. Konspekt qisqa bo`lsa-da, hikoya yoki ma'ruzaning mazmunini bog`lanishli ravishda ifodalay oladi.