Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish
Ushbu kitob nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanma hisoblanadi. Unda nutqning asosiy xususiyatlari, uslublari, rasmiy va norasmiy yozishmalar, ish qog'ozlarini yuritish kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Til va nutq: Tilning ijtimoiy mohiyati, aloqa vositasi ekanligi, tafakkur bilan bog'liqligi va nutqning o'rni haqida ma'lumot beriladi.
- Til birliklarining nutqdagi vazifasi va qo'llanishi: Til normalari, o'zbek adabiy tili normasi, sheva va lahjalardagi normalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Nutqiy savodxonlik va nutq madaniyati asoslari: Nutqiy savodxonlik tushunchasi, uning asoslari, nutq madaniyatiga erishish yo'llari va nutq madaniyatining asosiy roli yoritiladi.
- Nutqning asosiy xususiyatlari: Nutqning to'g'riligi, aniqligi, mantiqiyligi, tozaligi va ta'sirchanligi kabi sifatlari batafsil tahlil qilinadi.
- Nutq odobi: Nutq odobi haqida ma'lumot berilib, salomlashish, so'zlashish odoblari va donishmandlarning nutq odobi haqidagi fikrlari keltiriladi.
- Nutqiy muomala shakllari: Nutqiy muomala haqida tushuncha berilib, uning bosqichlari, shakllari va leksik-uslubiy xususiyatlari yoritiladi.
- Dialogik nutq shakllari va unda munosabatning ifodalanishi: Nutqiy faoliyat shakli va ko'rinishlari, dialogik vaziyat, nutq motivi, dialogik nutq shakllarining farqlari va dialogik nutqda turli munosabatlarni ifodalash yo'llari ko'rsatilgan.
- Dialogik nutqda til vositalaridan foydalanish: Nutqning ta'sirchanligi, adabiy til normalari, imo-ishoralar va majoziy ifodalardan foydalanish yo'llari yoritiladi.
- Monologik nutq shakllari: Monologik nutqning asosiy belgilari, shakllari, tashqi monologik nutq turlari va monologik nutqda nutq madaniyati mezonlariga amal qilish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Axborot va ma'ruza matni tayyorlash: Axborot va ma'ruza matnlari haqida ma'lumot berilib, monologik matn yozishga tayyorlanish, axborot matni tayyorlash va ma'ruza matnining o'ziga xos tomonlari o'rganiladi.
- Notiqlik madaniyati me'yorlari: Notiqlik san'ati, notiqlikning asosiy holatlari, notiqlikda nutq madaniyatining me'yorlari va notiqlikning ko'rinishlari haqida ma'lumot beriladi.
- Nutqning uslubiy shakllari: Nutq uslublari haqida tushuncha berilib, so'zlashuv, publitsistik, ilmiy va badiiy uslublar xususiyatlari ochib beriladi.
- Rasmiy-idoraviy uslubdagi nutq xususiyatlari: Rasmiy-idoraviy uslub haqida tushuncha berilib, leksik va grammatik xususiyatlari, uslubning hujjatchilik xarakteri o'rganiladi.
- Nutq uslublarida sinonimiya imkoniyatlaridan foydalanish: Sinonimiya hodisasi, leksik birliklar sinonimiyasi, iboralar sinonimiyasi va gaplar sinonimiyasi masalalari ko'rib chiqiladi.
- Matnning mazmuniy-vazifaviy belgilari: Matn haqida, uning mazmuni va shakli, shakl va mazmun birligi haqida ma'lumot beriladi.
- Matnni qisqartirish va kengaytirish yo'llari: Matn va uning tahriri, matn tahririga tayyorgarlik, matnni qisqartirish yo'llari va matnni kengaytirish usullari o'rganiladi.
- Atamalarning ma'noviy-vazifasiy xususiyatlari: Atamalar haqida ma'lumot, atama turlari, atamalarning xususiyatlari va atamalarni qoʻllashdagi ba'zi kamchiliklar ko'rib chiqiladi.
- Kasb-hunar soʻzlarinining rasmiy-idoraviy uslubda qoʻllanishi: Kasb-hunar soʻzlari rasmiy uslub qanday qo'llanilishi va hujjatchilik xarakteri masalalari ochib berilgan.
- Kasb-hunar soʻzlarining sinonimiyasi: Kasb-hunar soʻzlarining uslubiy farqlanishi va ularni almashtirib qoʻllashga doir misollar keltiriladi.
- Rasmiy va shaxsiy xat, ularning oʻzaro farqlari: Rasmiy xat, aloqa xati, iltimos xati, da'vo xati, shaxsiy xat, noma, maktub va ularning hususiyatlari o'rganiladi.
- Turli rasmiy xatlarning mazmuniy tasnifi: Rasmiy xatning rekvizitlari, matnlari, turlari va u haqda ma'lumotlar berilgan.
- Xizmat doirasidagi kommunikatsiya shakllari: Kommunikatsiya, huquqiy asoslar, xizmat davomidagi og'zaki muloqot, xizmat etikasi, telekommunikatsiya va telefonda rasmiy so'zlashuv kabi mavzularda ma'lumot beriladi.
- Telegramma va faksogramma matni: Telegramma haqida ma'lumot, telegramma turlari, uning til xususiyati, faksogramma va uning oʻziga xos tomonlari haqida hikoya qilinadi.
- Shaxsiy hujjat turlari va ularning zaruriy qismlari: Shaxsiy hujjat turlari, kadrlarning faoliyatiga doir hujjatlar va so'rovnoma toʻldirish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Shaxsiy hujjat matnlarining leksik-uslubiy xususiyatlari: Xat yozish va uni rasmiylashtirish jarayonida qanday adabiy yordamdan foydalanish kerakligini bayon etilgan.
- Taʼrif-mulohaza matnli hujjat turlari va ularning til xususiyatlari: Mazmun, shakl, mavzu kabilar haqida umumiy va keng qamrovli ma'lumotlar keltirilgan.
- Matn tahriri: Matnni toʻgʻri rasmiylashtirish va uning adabiy boʻlishi haqida tushunchalar berilgan.
- Kompyuterda hujjat matni tayyorlash, tahrir qilish, oʻzgartirish va yangilash: Kompyuter yordamida hujjat matnini qanday yaratish ko'nikmasi, qaysi shriftlardan foydalanish, tahrirlash usullari, sozlamalar yaratish haqida ma'lumot berilgan.
- Xalqaro munshaot matnlarining asosiy belgilari: Asosan gerb va yozuvlarni ilova qilish, tashkilliy aloqani ta'minlash bilan koʻriladi.