“Nazariy mехanika” fanidan ma’ruzalar matni (dinamika)

Kitobda nazariy mexanika fanining dinamika qismi batafsil bayon etilgan. Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi kafedrasi talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Nuqta dinamikasi: Dinamikaning asosiy tushunchalari va qonunlari, mexanik o'lchov birliklari sistemasi, moddiy nuqta harakatining differentsial tenglamalari, bog'lanishdagi moddiy nuqta harakatining differensial tenglamalari, matematik tebrangich kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
  • Moddiy nuqta dinamikasining asosiy masalalari: Moddiy nuqta dinamikasining ikkita asosiy masalasi, moddiy nuqta nisbiy harakatining differensial tenglamalari, jismlarning muvozanati va harakatiga yer aylanishining ta'siri va vaznsizlik holatlari ko'rib chiqiladi.
  • Mexanik sistema: Mexanik sistema massalar markazining harakati haqidagi teorema, mexanik sistema va unga ta'sir etuvchi ichki kuchlarning xossalari, massalar markazi, mexanik sistema massalar markazi harakatining differensial tenglamasi kabi tushunchalar o'rganiladi.
  • Massalar geometriyasi: Qattiq jismning inertsia momentlari, inertsia radiusi, parallel o'qlarga nisbatan inertsia momenti, bir jinsli oddiy figuralarning inertsia momentlari va ixtiyoriy yo'nalgan o'qqa nisbatan inertsia momenti kabi masalalari o'z ichiga oladi.
  • Kuchning bajargan ishi. Quvvat.: Kuchning bajargan ishi, og'irlik kuchining bajargan ishi, elastiklik kuchining bajargan ishi, ishqalanish kuchining bajargan ishi, quvvat va moddiy nuqta va mexanik sistema kinetik energiyasining o'zgarish teoremasi kabi masalalarni qamrab oladi.
  • Moddiy nuqta va mexanik sistema kinetik energiyasining o'zgarishi haqidagi teorema.: Qattiq jismning turli harakatlarida uning kinetik energiyasini aniqlash, ilgarilanma harakatida kinetik energiya, qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakatda kinetik energiya, tekislikka parallel harakatda kinetik energiya, sferik harakatda kinetik energiya kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
  • Potensial kuch maydoni: Potensial energiya. Kuch maydoni, statsionar va statsionar bo'lmagan kuch maydoni, potensial energiya va potensial kuch maydonini tariflash, og'irlik kuchi maydonining potensial energiyasini yozish va elastiklik kuchining potensial energiyasini ifodalash kabi tushunchalarni qamrab oladi.
  • Qattiq jism harakatlariga dinamika umumiy teoermalarini tadbiq etish.: Qattiq jismning ilgarilarma harakatini differentsial tenglamasi, qattiq jismning qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakatini differentsial tenglamasi va qattiq jismning tekis parallel harakatining differentsial tenglamasi kab tushunchalarni o'z ichiga oladi.
  • Moddiy nuqta va mexanik sistema uchun Dalamber printsipi.: Qattiq jismning qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakatida hosil bo'ladigan dinamik reaktsiyalar, moddiy nuqta uchun Dalamber printsipi, mexanik sistema uchun Dalamber printsipini, qattiq jismning turli harakatlarida inertsiya kuchlarini va inertsiya kuchlarining momentlarini aniqlash kabi masalalarni qamrab oladi.
  • Analitik mexanika: Mumkin bo'lgan ko'chishlar, ideal bog'lanishlar, mumkin bo'lgan ko'chishlar printsipi, mexanik sistemaning umumlashgan koordinatalari, umumlashgan kuchlar kabi tushunchalarni o'z ichiga olgan.