Umurtqаsiz hаyvоnlаr zооlоgiyasi
Ushbu kitob umurtqasiz hayvonlar zoologiyasiga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Guliston Davlat Universiteti talabalari uchun o'quv-uslubiy majmua sifatida tavsiya etilgan. Majmua umurtqasiz hayvonlarning tuzilishi, ko'payishi, rivojlanishi, sistematik guruhlari va ekologiyasi kabi asosiy zoologik jihatlarni qamrab oladi. Kitobda har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar, amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ish topshiriqlari va nazorat savollari keltirilgan. Materiallar soddadan murakkabga tomon, aniq va tushunarli tilda bayon etilgan. Mahalliy fauna materiallariga katta e'tibor qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Sarkomastigoforalar yoki soxtaoyoq xivchinlilar tipi: Sarkomastigoforalar tipining umumiy tavsifi, tuzilishi, ko'payishi, sinflarga bo'linishi va ahamiyati. O'simliksimon va hayvonsimon xivchinlilarning asosiy xususiyatlari.
- Spora hosil qiluvchi bir hujayralilar yoki sporalilar tipi: Sporalilarning tuzilishi, rivojlanishi, parazitlik xususiyatlari. Gregarina, koksidiya va qon sporalari turkumlari.
- Infuzoriyalar tipi: Infuzoriyalar tipining umumiy tavsifi, tuzilishi, organellalari, ko'payishi. Kiprikli infuzoriyalarning turkumlari.
- G'ovaktanlilar tipi: G'ovaktanlilarning tuzilishi, hayot kechirishi, sistematikasi, kelib chiqishi. G'ovak tanlilarning xilma-xilligi.
- Bo'shliqichlilar tipi: Bo'shliqichlilarning umumiy tasnifi. Gidropoliplarning tuzilishi, ko'payishi. Bo'shliqichlilar klassifikasiyasi.
- YAssi chuvalchanglar tipi: YAssi chuvalchanglarning umumiy tavsifi, klassifikasiyasi. Kiprikli, so'rg'ichli va tasmasimon chuvalchanglarning tuzilishi, hayot tarzi va zarari.
- To'garak chuvalchanglar tipi: To'garak chuvalchanglarning xilma-xilligi, asosiy sinflari, vakillari. Nematodalar, ularning tuzilishi, hayot kechirishi va ahamiyati.
- Halqali chuvalchanglar tipi: Halqali chuvalchanglar tasnifi. Ko'ptuklilar sinfi, kamtuklilar sinfi, tuzilishi, ko'payishi, rivojlanishi va ahamiyati. Belbog'lilar kenja tipi.
- Mollyuskalar tipi: Mollyuskalar tipining umumiy tavsifi. Qorinoyoqli mollyuskalarning tashqi va ichki tuzilishi, ko'payishi, rivojlanishi, asosiy taksonomik guruhlari va ahamiyati. Plastinkajabralilar sinfi.
- Bo'g'imoyoqlilar tipi: Bo'g'imoyoqlilarning umumiy tavsifi. Qisqichbaqasimonlar sinfi, tashqi va ichki tuzilishi, ko'payishi va rivojlanishi.
- Xeliseralilar kenja tipi: Xeliseralilar tuzilishining umumiy belgilari, sinflarga bo'linishi. O'rgamchaksimonlar sinfi, tashqi va ichki tuzilishi, ko'payishi va rivojlanishi. O'rgamchaksimonlar klassifikasiyasi, turkumlarining umumiy tavsifi, asosiy turkumlarining hayot kechirishi va ahamiyati.
- Traxeyalilar kenja tipi: Traxeyalilar tipining umumiy tavsifi. Ko'poyoqlilarning tashqi va ichki tuzilishi, ko'payishi, rivojlanishi asosiy sistematik guruhlari, ularning tarqalishi va ahamiyati.
- Hasharotlar sinfi: Hasharotlar tanasi bo'limlari, og'iz organlari, qanotlari va oyoqlarining tuzilishi. Hasharotlarning ichki tuzilishi, nerv sistemasi va sezgi organlari, nasl to'g'risida g'amho'rlik. Hasharotlarning ko'payishi va rivojlanishi. Klassifikasiyasi.
- Ninaterililar tipi: Ninaterililarning umumiy tavsifi, klassifikasiyasi, sinflari va ularga mansub turlarning tuzilishi, ko'payishi, rivojlanishi. Dengiz yulduzlari sinfi.
- CHalaxordalilar tipi: Chalaxordalilarning umumiy tasnifi, qon aylanish, ayirish sistemasi. Ko'payishi va rivojlanishi.