Бино ва иншоотлар қурилиши

Ushbu kitob yo'l qurilish materiallari fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun uslubiy ko'rsatmadir. Unda tabiiy tosh materiallarining fizikaviy xossalarini aniqlash, tuproqlarning zichligini va boshqa fizikaviy xossalarini aniqlash kabi laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Qo'llanma transport inshootlaridan foydalanish yonalishi 2-kurs bakalavr talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Tabiiy tosh materiallarining fizik xossalari: Materialning mutloq zichligi, o'rtacha zichligi, g'ovakligi va namligini, suv shimuvchanligi, suv to'yinuvchanligi va sovuqbardoshligini aniqlash usullari keltirilgan.
  • Materiallarining o'rtacha zichligi: Materialning tabiiy og'irligini uning g'ovaklari va bo'shliqlarini hisobga olgandagi hajm birligiga bo'lgan nisbati shu materialning zichligi deb ataladi. Zichlikni aniqlash usullari ko'rsatilgan.
  • Materialning suv shimishi: Suv yutish mu'tadil atmosfera bosimi va xona haroratida suvga botirilgan toshning uzoq vaqt mobaynida (to'yungunga qadar) suvni o'ziga shimish xossasidir.
  • Materiallarning mexanik xossalari: Materiallarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash ko'rsatilgan.
  • Chaqaq tosh (shagal) materiallarining fizik xossalari: Materiallarning suv shimuvchanligi va namligini aniqlash usullari ko'rsatilgan.
  • Qumning fizik xossalari: Qumning zichligini aniqlash usullari ko'rsatilgan.
  • Cementobetonlar: Betonning zichligini aniqlash usullari va yonalishlari korsatilgan.
  • Bitumning qovushoqligi va yumshash harorati: Bitumni tekshirish usullari ko'rsatilgan.
  • Suyuk bitumni aniqlash: Suyuk bitumning qovushoqligini aniqlash ko'rsatilgan.
  • Asfaltobeton tarkibini loyihalash: Asfaltobeton tarkibini aniqlash yonalishlari ko'rsatilgan.