Хлоропластлар

Ushbu kitob o'simliklar fiziologiyasiga, xususan, xloroplastlarning tuzilishi, vazifasi va ahamiyatiga bag'ishlangan kurs ishidir. Unda o'simlik hujayralarining umumiy tuzilishi, organoidlari va xloroplastlarning fotosintez jarayonidagi roli batafsil yoritilgan. Kitobda o'simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanish tarixi, O'zbekistonda ushbu sohaning o'rni va erishilgan yutuqlar ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • O'simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishi: Fanning shakllanish bosqichlari, o'zbek olimlarining hissasi, O'zbekistonda o'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi.Turkiston Paxtachilik stansiyasining tashkil qilinishi
  • Hujayra haqida umumiy tushuncha: Hujayraning tuzilishi, turlari (prokariot va eukariot), o'simlik hujayralarining xususiyatlari,hujayraning tuzilishi va hayotiy jarayonlari haqida malumotlar keltirilgan
  • Hujayra organoidlarining tuzilishi va vazifalari: Ribosomalar, endoplazmatik to'r, Golgi apparati, mitoxondriyalar, plastidlar (xloroplastlar, xromoplastlar, leykoplastlar) va yadro kabi asosiy organoidlarning tuzilishi va funksiyalari batafsil tasvirlangan.
  • Xloroplastlar: Xloroplastlarning tuzilishi, shakli, soni, joylashuvi, tarkibi (xlorofill, karotinoidlar), fotosintez jarayonidagi roli, xloroplastlarning boshqa organoidlardan farqi va o'ziga xos xususiyatlari.