Реал сектор корхоналарига тўғридан-тўғри хорижий инвестицияларни жалб қилишнинг маркетинг стратегияси (Чирчиқ шаҳри мисолида)

Ushbu kitob O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ularni tartibga solish, realsektor korxonalarida xorijiy investitsiyalardan foydalanish holati tahlili, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning samarali yo‘llari va ularni rag‘batlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda mavzuga oid nazariy asoslar, amaliy tahlillar va takliflar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishning nazariy asoslari: Xorijiy investitsiyalarning mazmuni, mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning obyektiv zaruriyati. Xorijiy investitsiyalarni tasniflash, ularning belgilari. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga solish, qonuniy asoslari.
  • Real sektor korxonalarida xorijiy investitsiyalardan foydalanish holati tahlili: Mamlakatimiz real sektor korxonalariga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi holati tahlili. Chirchiq shahrida real sektor korxonalarida xorijiy investitsiyalardan foydalanish holati. Real sektor korxonalarida xorijiy investitsiyalarning samaradorligini baholash.
  • Real sektor korxonalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning samarali yo‘llari: Real sektor korxonalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning marketing strategiyasi. Mamlakatimiz real sektor korxonalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolarning yechimlari. Real sektor korxonalariga xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish.