Педагогик маҳорат ҳақида тушунча, унинг ўқитувчи фаолиятидаги ўрни ва аҳамияти

Ushbu kitob bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik mahorat asoslari bilan tanishtirish, ularga ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, o'quvchilar bilan muloqot qilish, milliy qadriyatlar va o'zlikni anglash kabi muhim ko'nikmalarni singdirishga qaratilgan. Kitob uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik mahoratni ommalashtirish, o'qituvchining o'z ustida ishlashi, axloqiy me'yorlar, nutq madaniyati va kasbiy kompetentligini oshirish masalalarini yoritadi. Shuningdek, unda sharqona pedagogik mahorat an'analari ham o'rganiladi.

Asosiy mavzular

  • Pedagogik mahoratning umumiy asoslari: Pedagogik mahorat tushunchasi, uning o'qituvchi faoliyatidagi o'rni va ahamiyati, pedagogik mahoratning tuzilishi, pedagogik faoliyat va mahorat, pedagogik mahoratni egallash yo'llari.
  • Pedagogik fikr va maktab amaliyotida o'qituvchi mahorati masalalari: Xorijiy va buyuk Sharq mutafakkirlarining pedagogik mahorat haqidagi fikrlari, o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar.
  • O'qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat: Qobiliyatning pedagogik-psixologik tasnifi, o'qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari, pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari.
  • O'qituvchining kommunikativ qobiliyati: Kommunikativ qobiliyat, o'quvchilarni ishontirish, o'quvchilar ongiga ta'sir etish, o'zgalarga taqlid qilish.
  • Pedagogik ta'sir vositalari: Pedagogik ta'sir ko'rsatish tushunchasi, pedagogik ta'sir ko'rsatish usullari, pedagogik ta'sirning ta'lim-tarbiyadagi o'rni.
  • Pedagogik mahoratning amaliy asoslari: Pedagogik texnika tushunchasi va tuzilishi, pedagogik mahorat va texnika, o'qituvchi nutqi – pedagogik mahorat ko'zgusi.
  • Nutqning asosiy xususiyatlari: To'g'ri nafas olish, talaffuz va diksiyani sozlash, nutq, talaffuz, diksiyani pantomimik va mimik harakatlar bilan uyg'unlashtirish.
  • O'qituvchi va o'quvchi orasidagi muomala madaniyati va pedagogik hamkorlik: Pedagogik muomala va uning funksiyalari, o'qituvchi muomalasining usullari, o'qituvchining pedagogik mahorati, pedagogik hamkorlik.
  • O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati: Pedagogik harakat dramaturgiyasi va rejissurasi, pedagogik xayol, etika va odob qoidalari.
  • O'quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish: Demokratiya va insonparvarlik tamoyillari asosida talim tarbiya jarayonni tashkil etish, milliy qadryatlarga asoslanish.
  • Pedagogik mahoratning O'zbekiston Respublikasi talim tizimida ommalashtirish usullari va yollari: Pedagogik mahoratni turli ta'lim bosqichlarida ommalashtirish yollari, oila, maxalla va jamoatchilik orasida ommalashtirish.
  • Oz-ozini tarbiyalash va oz ustida ishlash: Pedagogning kasbiy mahoratini oshirishda oz-ozini tarbiyalashning ahamiyati, pedagogik odob va taktik. kasbiy talablarni bajarish.
  • Shaxslararo va millatlararo muomala madaniyati: Muomala madaniyati tamoyillari, millatlararo munosabatlardagi etibor va ehtirom, odob qoidalari.
  • Milliy maktab va unda pedagogik mahorat masalalari: Pedagogik mahoratning mohiyati, milliy maktabning vazifalari va imkoniyatlari.