Mikrоbiоlоgiya va qishlоq xo’jaliк biоtexnоlоgiyasi
Mazkur o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan me'yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo'lib, 5620500 - Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Majmua "Mikrobiologiya va qishloq xo'jaligi biotexnologiyasi" fanining mohiyatini, uslubiyatini va qo'llanilish sohalarini yoritib beradi.
Asosiy mavzular
- Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanish tarixi: Mikrobiologiya fanining vazifalari, uning hozirgi zamon biologiya fanlari tizimida tutgan o'rni. Mikrooranizmlarning tabiatda, qishloq xo'jaligida va sog'liqni saqlashdagi ahamiyati. Mikrobiologiya fanining paydo bo'lishi va rivojlanish tarixi. Mikroorganimlarning kashf etilishi, olimlar va ularning ishlari. Mikrobiologiya fanini rivojlanishiga hissa qo'shgan O'zbekiston olimlari.
- Mikroorganizmlar, ularning klassifikatsiyasi, morfologiyasi, tuzilishi va ko'payishi: Mikroorganizmlar olami, umumiy belgilari va har xil Prokariot va eukariot mikroorganizmlar. Mikroorganizmlar klassifikatsiyasi. Irokariotlar morfologiyasi va xujayra tuzilishi. Eukariot xujayralarinining tuzilishi. Mikroorganizmlar dunyosida viruslarni tutgan o'rni. Viruslarni o'ziga xos xususiyatlari. Viruslarni tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati. Bakteriofaglar va ularning amaliy ahamiyati. Mikroplazmalarning tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati. Bakteriya xujayrasinining struktura asosi. Bakteriya o'lchamlari va morfologiyasi. Gram musabat va gram manfiy bakteriyalar. Bakteriyalar hujayrasining qo'shimchalari, tarkibi va ahamiyati.
- Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta`siri: Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta'siri. Psixrofillar, mezofil va germofil mikroorganizmlar. Namlikni mikroorganizmlarga ta'siri. Osmofillar va galofillar. Muhit pHni, yorug'likni, radiatsiyani mikroorganizmlarga ta'siri. Mikroorganizmlarning ultrabinafsha nurlariga chidamliligi. Kislorodni ta'siri va uning amaliyotda ishlatilishi. Mikroorganizmlarning o'zaro va boshqa organizmlar bilan munosabati.