Koordinatsion birikmalar
Ushbu kitob koordinatsion birikmalarga bag'ishlangan bo'lib, ularning nazariy asoslari, nomlanishi, sinflari va ahamiyatini o'rganadi. Unda koordinatsion birikmalarning hosil bo'lishi, tuzilishi, izomeriyasi va metallarning uglerod oksidlar bilan hosil qilgan birikmalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Koordinatsion birikmalarning nazariy asoslari: Verner nazariyasi, koordinatsion son, ichki va tashqi sferalar, ligandlar va markaziy ion tushunchalari
- Koordinatsion birikmalarning nomlanishi: IUPAC nomenklaturasiga muvofiq koordinatsion birikmalarni nomlash qoidalari, anion, kation va neytral ligandlarning nomlari, ko'prik gruppalar va izomerlarning nomlanishi
- Koordinatsion birikmalarning sinflari: Aminatlar, gidratlar, atsidokomplekslar, poligalogenidlar, polikislotalar, siklik kompleks birikmalar, koordinatsion gidridlar, metallorganik birikmalarga o'xshash koordinatsion birikmalar, metall karbonillar va ko'p o'zakli koordinatsion birikmalar
- Metall Karbonillar: Metallarning uglerod(II) oksid bilan hosil qilgan birikmalar, hosil bo'lishi,valent boglanish nazariyasi asosida tushuntirish, xossalari.