Jahon adabiyoti tarixi
Paulo Koelo asarlarini har bir kitobxon o'zicha kashf qiladi, ayni paytda unda ko'tarilgan masalalar butun insoniyatga taalluqli – bugungi zamin kishisi dardlari, orzu-intilishlarini aks ettiradi.
Asosiy mavzular
- Inson taqdiri: Koelo talqiniga ko'ra inson baxt uchun tug'iladi. Taqdirning qora yoki yorug' bo'lishi uning o'ziga bog'liq. O'zining taqdiridan chekinganlar o'z baxtlari nima ekanligini anglab yetmaganlardir.
- Taqdir: Koelo tushunchasidagi Taqdir Xudo tomonidan insonga buyurilgan, umri mobaynida ado etishi lozim bo'lgan majburiyat, har bir inson bosib o'tadigan o'z yo'li. Agar inson har safar biror amalni quvonch va xafsala bilan bajarar ekan, o'z taqdiriga mos ish tutgan bo'ladi. Biroq ulug' orzu-niyatlarga yetish uchun taqdir yo'lidan matonat bilan o'tish darkor.
- Poklanish: Hatto ollohga yaqin bo'lsangiz ham sinovlardan o'tishingiz kerak. Olloh sinovga bardosh berganlar bilan hamisha birga ekan