Тизимли дастурий таъминот
Ushbu kitob tizimli dasturiy ta'minot asoslariga bag'ishlangan bo'lib, unda operatsion tizimlar, yuklovchi dasturlar, kompyuter viruslari va ularga qarshi kurash usullari, fayllarni arxivlash kabi mavzular yoritilgan. Kitobda MS DOS, Windows NT/XP, UNIX operatsion tizimlarining imkoniyatlari hamda ularni boshqarish usullari ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Sistema dasturiy ta'minoti. Operatsion tizimlar: Operatsion tizimning vazifasi va turlari, MS DOS operatsion tizimi, fayllar va disklar bilan ishlash, utilitalar.
- Zamonaviy operatsion tizimlar: Windows NT/XP operatsion tizimlari, tarmoq operatsion tizimlari, fayl tizimlari, operatsion tizimlarni o'rnatish va sozlash, xavfsizlikni ta'minlash.
- Yuklovchi dasturlar, tizimli dasturlarni yaratish: Buyruq protsessori, COM va EXE dasturlari, uzilishlar, BIOS va DOS uzilishlari, disklar va fayllar bilan ishlash uchun dasturlar yaratish, rezident dasturlar.
- Kompyuter viruslari: Kompyuter viruslariga qarshi kurash usullari, antivirus dasturlari, fayllarni arxivlash va arxivatorlar.