Геомеханика
Ushbu kitob konchilik ishlarida yuzaga keladigan geomekanik jarayonlar, minerallar va tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Unda tog‘ jinslari massividagi kuchlanish holatlari, kon lahimlari ta’sirida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, bu orqali tog‘ massividagi buzilishlar oldini olish masalalari ko'rib chiqiladi. Kitobda, shuningdek, tog‘ jinslarining fizik o‘zgarishlari va geomekanik jarayonlarga mos ravishda ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlash masalalari ham o'rin olgan.
Asosiy mavzular
- Geomexanika fanining umumiy tushunchalari: Tog‘ jinslarining fizik-texnik xususiyatlari, kon massivi haqida tushuncha, tashqi ta’sir maydonlari, fizik texnologik jarayonlar, tog‘ jinsining massivdagi harakati, massiv turğunligini tavsiflovchi xususiyatlar.
- Massivning kuchlanish holati va barqarorlik sharoiti: Kuchlanishlar haqida tushunchalar, tog‘ jinsi massivining tabiiy sharoitdagi kuchlanish holati, chegaraviy barqarorlik sharoiti, qiyaliklardagi sharoit, gravitatsion maydon, tektonik kuchlanish, tabiiy va texnologik faktorlar ta’siri, konning geometrik o‘lchamlari.
- Ochiq kon ishlarida tog' jinsi massivining deformatsiyalari: Deformatsiyalarning kelib chiqish sabablari, to‘kma va ag‘darilish deformatsiyalari, surilma deformatsiyalari, siklik va kontakt surilmalar, mexanik va kimyoviy suffoziya, qiyaliklarning yemirilish deformatsiyalari.
- Tog' jinslari massivi holatini kuzatish: Massiv holatini kuzatish mohiyati va vazifalari, marksheyderlik-geodezik kuzatishlar, geofizik usullar, geologik va gidrogeologik kuzatishlar, qiyaliklar deformatsiyasi pasportlarini tuzish, qiyaliklar turg‘unligini prognozlash.
- Yer yuzasi va tog' jinslari massivining yer osti kon lahimlari ta'sirida siljish jarayonlari: Yer yuzasi va tog' jinslari siljishlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, ko‘mir qatlamlarini qazib olishda siljish jarayonlarining o‘ziga xosligi, ruda konlarini qazib olishdagi siljish jarayonlarining asosiy parametrlari, strukturaviy yumshatishning grafik ko‘rinishi.
- Geomekanik jarayonlarni va hodisalarni o‘rganish metodlari: Geomekanikada tabiiy o‘lchash metodlarining klassifikatsiyasi, kuchlanish va deformatsiyalarni aniqlash, dinamik ta’sir natijasidagi siljish va kuchlanishlarni aniqlash, fizik modellashtirish usullari, matematik modellashtirish asoslari.
- Qazib olish ishlari ta’sirida tog’ jinsi massividagi dinamik o‘zgarishlar: Kon zarbasi, gaz va tog‘ jinslarining bexosdan otilishi, yuqori bosimli va himoya qilingan zonalarni tuzish va hisoblash, kuchlanish va gazodinamik holatni boshqarish.