Kimyo tarixi
Ushbu kitob kimyo tarixiga bag'ishlangan bo'lib, unda kimyo fanining shakllanishi, rivojlanishi va O'zbekistonda kimyo fani va sanoatining istiqbollari haqida ma'lumot beriladi.
Asosiy mavzular
- Kirish: Empirizm va ratsionalizm, sinflash va tizimlashtirish, ibtidoiy kishilarning kimyoviy bilimlari, yetti metall haqidagi qadimiy ta'limot.
- Moddaning hosil bo'lishi haqidagi dastlabki ta'limotlar: Falsafiy ta'limotlar, Aristotel ta'limoti, yunon atomistikasi, alkimyo davri, arab va Yevropa alkimyogarlari.
- Buyuk Sharq tabiatshunos-allomalari va ularning fanga bo'lgan munosabatlari: Jobir ibn Xayyom, Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi olimlarning hayoti va faoliyati, ilmiy merosi.
- O'tish davri. Metallurgiya, yatrokimyo, pnevmokimyo: Metallurgiya, ayrim metallar va gazlarning kashf etilishi, ularga ishlov berish texnologiyasi, flogiston nazariyasi, o'lchovlar va ularning rivoji.
- Atom-molekulyar ta'limot. XIX asrning I yarmida kimyoning rivojlanishi: Dalton ishlari, jismlarning issiqlik sig'imi, elementlarni guruhlash bo'yicha urinishlar, Karlsrue kongressi.
- D.I. Mendeleevning davriy qonunini kashf etilishi. Radioaktivlik hodisasi: Davriy sistema va davriy qonunning mohiyati, radioaktivlik hodisasi, yangi radioaktiv elementlarning kashf etilishi.
- XX asrda anorganik va taxliliy kimyoning rivojlanishi: Koordinatsion birikmalar nazariyasi va kimyoviy bog` tushunchalarining rivojlanishi.
- Organik kimyoda nazariy tushunchalar: Organik kimyo rivojlanishi, murakkab radikallar nazariyasi, metalepsiya, ko'p asosli kislotalar nazariyasi, izomeriya va gomologlar ta'limoti, organik- kimyogar o`z fani xaqida, Vudvord-Xoffman ishlari, vitamin V12 sintezi.
- O'zbekistonda kimyo fani va sanoati istiqbollari: O'zbekistonda kimyo fanining taraqqiyoti, O'zR Fanlar akademiyasi kimyo institutlari, kimyo sanoati tarmoqlari va ularning bugungi ahvoli, istiqbollari.