Kolloid kimyo

Ushbu kitob kolloid kimyo faniga bag'ishlangan bo'lib, unda kolloid sistemalar, ularning xossalari, olinishi, tozalanishi va barqarorligi kabi asosiy tushunchalar batafsil yoritilgan. Kitobda sirt hodisalari, sirt energiyalari va sirt faol moddalar ham keng o'rin olgan.

Asosiy mavzular

  • Kolloid kimyo. Kolloidlar va sirt hodisalar fanidir: Kolloid kimyo fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, rivojlanish istiqbollari. Kolloid holat - materiayning umumiy va shu vaqtni o`zida alohida bir holati. Kolloid sistemalar va ularning klassifikatsiyasi. Liofob va liofil kolloidlar.
  • Kolloid sistemalarning olinishi: Kolloid eritmalarni olish usullari: maydalash, kondensatlash, peptizatsiya, stabilizatorlar. Dispergirlash usuli (kolloid tegirmon, elektr toki, ultratovush). Kondensirlash usuli (fizikaviy, kimyoviy).
  • Disperslash usulining ahamiyati va kolloidlarni tozalash: Kolloid eritmalarni tozalash usullari: dializ, ultrafiltratsiya, elektrodializ. Kolloid zarrachaning tuzilishi, uning tarkibiy qismlari.
  • Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik xossalari: Broun harakati, kolloidlarning diffuziyasi, osmotik bosimi, Donnanning membrana muvozanati nazariyasi.
  • Kolloid eritmalarda yorug'likning tarqalishi: Yorug'likning sochilishi, Tindal-Faradey effekti, opalestsentsiya. Ultramikroskop va electron mikroskop ishlash prinsiplari, rentgenografiya, elektronografiya metodlari. Nefelometriya metodi.
  • Sirt hodisalari. Sirt energiyalari: Sirt qavat tarkibi, uning xossalari, tuzilishi, sirtga ta`sir etuvchi kuchlar, sirt energiyasi. Suyuqlikning sirt tarangligi. Qattiq jismlarning sirt tarangligi.
  • Qattiq jism sirtining suyuqlik bilan ho`llanilishi: Qattiq jism sirtining suyuqlik bilan ho`llanishi. Ho`llanishning miqdoriy ifodasi. Kogeziya va adgeziya. Ho`llanish issiqligi.
  • Adsorbtsiya. Adsorbsion muvozanat: Adsorbtsiya, absorbsiya (xemosorbsiya), adsorbsion muvozanat, adsorbsiya issiqligi va entropiyasi. Adsorbentlar va ularning xarakteristikasi.
  • Sirt faol moddalar: Sirt faol moddalar, ular turlari, ularning gidrofil-liofil balansi. Ionogen va noionogen sirt faol moddalar. Sovunlar yordamida molekulyar eritma ↔kolloid↔gel muvozanatini.
  • Kolloid sistemalarning elektr xossalari: Kolloid sistemalarda qo`sh elektr qavatning hosil bo`lish mexanizmlari va qo`sh elektr qavatning tuzilishi haqidagi nazariyalar. Elektr kinetik potensial.
  • Elektroforez va elektroosmos. Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqidagi mitsellyar nazariya: Elektroforez va elektroosmosning mohiyati. Micellar nazariya. Mitsella va uning tuzilishi.
  • Kolloid sistemalarning barqarorligi: Kolloid sistemalarning agregativ va sedimentatsion barqarorligi. Koagulyatsiya jarayoni va uning ahamiyati.
  • Dispers sistemalarning struktur-mexanik xossalari: Reologiya, elastiklik (Yung) moduli, plastik qovushqoqlik, koagulyatsion va kondensatsion-kristallizatsion strukturalar, relaksatsiya davri.
  • Mikrogeterogen sistemalar. Emulsiya va ko`piklar: Emulsiya va ko`piklar - mikrogeterogen sistemalar sifatida. Emulsiya va ko`piklarni olinishi, tuzilishi va barqarorligi. Yarim kolloidlar.
  • Aerozollar va gidrozollar: Aerozollar va gidrozollar - disper sistemalar sifatida. Aerozollar, ularni hosil bo`lishi, molekulyar-kinetik xossalari. Tuproq kolloidlari.
  • Polielektrolit eritmalarining xossalari: Polielektrolitlar- suvda eruvchan yuqori molekulyar birikmalar. Polielektrolitlar tarkibida ionogen gruppa tabiatiga. Suvda eriydigan polielektrolitlar va sirt-aktiv moddalar sintez qilish. Ko'pchilik yangi materiallar ishlab chiqarish jarayonida.