Темирбетон конструкциялари
Ushbu o'quv qo'llanma "Temir-beton konstruktsiyalari" fani bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada temir-beton konstruktsiyalarini hisoblash va loyihalash asoslari, yuklar, yoriqbardoshlik, oldindan zo'riqtirilgan elementlardagi kuchlanishlar va mustaqil ishlash uchun misollar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Temirbeton tuzilmalarni loyihalash asoslari: Ushbu mavzuda temirbeton tuzilmalarini cheklangan holatlar bo'yicha hisoblash usullari, yuklar va ta'sirlar, yoriqbardoshlik talablari va oldindan zo'riqitirilgan elementlardagi kuchlanishlarni yo'qotish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Egilishga, siqilishga va cho'zilishga ishlovchi elementlarni hisoblash: Bu mavzu egilishga ishlovchi elementlarni normal kesim bo'yicha mustahkamlikka hisoblash, qo'sh armaturali kesimlar, tavr shaklli kesimlar, egilishga ishlovchi elementlarni qiyshiq kesim bo'yicha mustahkamlikka hisoblash, siqilishga va cho'zilishga ishlovchi elementlarni hisoblash kabi masalalarni o'z ichiga oladi.