Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti
Kichik hajmga ega bo'lgan ushbu kitob O'zbekistonda pedagogika fanining o'rni, o'qituvchilarning jamiyatdagi roli va jamiyatga qo'yiladigan talablar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, O'zbekistonda ta'limni takomillashtirish yo'llari, mehnat tarbiyasi, axloqiy tarbiya, ma'naviy-axloqiy tarbiya kabi mavzularga bag'ishlangan
Asosiy mavzular
- Pedagogika predmeti va vazifalari: Pedagogika (yunoncha paidagogike boʻlib, paidagogos («bola» va «etaklayman») tushunchasi asosida shakllangan) shaxsni shakllantirishga yo'naltirilgan muayyan tizimli faoliyat, shuningdek, ta'lim-tarbiya mazmuni, umumiy qonuniyatlari, shakli va metodlari haqidagi fan.
- Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari: Turli tabiiy ofatlar ta'siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga boʻlgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma'lum mehnat faoliyati yoʻnalishida yetarlicha bilimga ega boʻlgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini koʻrsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o'rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma'lum yoʻnalishlar bo'yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.
- Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari: Fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim, asosiy tushunchalar kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: tarbiya, ta'lim (o'qitish, o'qish), bilim, koʻnikma, malaka, ma'lumot, rivojlanish.
- Oʻquvchilarning yosh va individual xususiyatlari: O'smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli oʻzgarishlar bilan bog'likdir. Bolaning oʻsishi tezlashadi. Bu davrni oʻtish davri ham deyiladi. Mazkur davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'l-atvoriga ta'sir etadi.