Бухгалтерия ҳисобининг Миллий ва Халқаро стандартлари асосида тайёрланган

Ushbu kitob бухгалтериya hisobining asoslarini o'rganuvchilarga mo'ljallangan bo'lib, unda moliyaviy hisobotning mohiyati, moliyaviy va boshqaruv hisobi, hisob siyosati, aktivlar, majburiyatlar va kapital kabi asosiy tushunchalar batafsil yoritilgan. Kitobda, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, xalqaro standartlar va hisob tsikli kabi mavzularga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Zamonoviy buxgalteriya hisobi va uning konseptual asoslari: Ushbu mavzu buxgalteriya hisobining ta'rifini, foydalanuvchilarini, moliyaviy va boshqaruv hisobini, hisob siyosatini, hamda buxgalteriya hisobiga qo'yiladigan konseptual asoslarni o'z ichiga oladi.
  • Moliyaviy hisobotlarning tavsifi: Moliyaviy hisobotlarning maqsadi, sifat tavsiflari va elementlari haqida batafsil ma'lumot beradi. Moliyaviy hisobotning turli shakllari yoritiladi, xususan buxgalteriya balansining tuzilishi tushuntiriladi
  • Hisobvaraqlar rejasi va uning tavsifi: Hisobvaraqlar rejasining zaruriyati, tuzilish tamoyillari, yangi hisobvaraqlar rejasining xususiyatli tomonlari, undan foydalanish tartibi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Hisob tsikli va uning bosqichlari: Hisob tsiklining mohiyati, ishchi jadval va uni tuzish bosqichlari, moliyaviy hisobotlar va buxgalteriya yozuvlariga oid ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
  • Daromadlar va xarajatlarni tan olish jarayoni: Daromadlar va xarajatlar tushunchalari, ularni tan olish mezonlari va tamoyillari, shuningdek turli usullari batafsil tahlil qilinadi.
  • Pula mablag'lari va olinadigan hisobvaraqlar hisobi: Likvidli aktivlarning asosiy turlari, pul mablag'lari va ularning ekvivalentlari, olinadigan hisobvaraqlar va darğumon debitorlik qarzlarini baholash tamoyillari yoritiladi.
  • Tovar moddiy zahiralar hisobi: Tovar moddiy zahiralar haqida tushuncha, ularni baholash tartibi, tannarxni aniqlash usullari va sof sotish qiymatida hisobdan chiqarish usullari muhokama qilinadi. Shuningdek, ularni uzluksiz va davriy hisobga olish tartibi ham ko'rsatilgan.
  • Asosiy vositalar hisobi: Asosiy vositalarning mohiyati va turlari, baholash tartibi, kirim va chiqim qilish tartibi, eskirishni hisoblash usullari va ular bilan bog'liq xarajatlar hisobi batafsil o'rganiladi.
  • Nomoddiy aktivlar hisobi: Nomoddiy aktivlarning ta'rifi, baholash usullari, hisobga olish tamoyillari, amortizatsiya hisoblash tartibi, chiqib ketishini hisobga olish, tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (TKI) bo'yicha xarajatlar kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Pula mablag'larining vaqtdagi qiymati: Moliyaviy resurslarning vaqtdagi qiymati haqida tushuncha, oddiy va murakkab foizlar, pul oqimlarining kelgusi va joriy qiymati, hamda annuitetning qiymati muhokama qilinadi.
  • Lizing hisobi: Lizing tushunchasi, afzalliklari va kamchiliklari, turlari, ijaraga beruvchi va oluvchida hisobga olish tartibi, qayta ijaraga berish shartlari va boshqa jihatlar batafsil yoritiladi.
  • Investitsiyalar hisobi: Investitsiyalar to'g'risida tushuncha, ularni baholash, kirim, chiqim va qayta baholash tartibi, shuningdek investitsiyalarni moliyaviy hisobotda yoritish qoidalari ko'rsatilgan.
  • Majburiyatlar hisobi: Majburiyatlar ta'rifi, baholash tartibi, turkumlanishi, hisobga olish tartibi, uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish va ularni moliyaviy hisobotlarda qanday aks ettirish kerakligi batafsil tushuntiriladi.
  • Valyuta almashtirish kursining o'zgarishi natijalari hisobi: Xorijiy valyutadagi xo'jalik muomalalarining mohiyati, hisoblash tamoyillari, xorijiy bo'linmalarning turkumlari, korxonalarni hisoblash, xorijiy faoliyatni aks ettirish va yoritish qoidalari ko'rsatiladi.
  • Foyda solig'i hisobi: Buxgalteriya foydasi va soliqqa tortiladigan foyda to'g'risida tushuncha, doimiy farqlar hisobi, vaqtinchalik farqlar, ularning soliq samarasi hisobi, to'lanadigan soliq summasini hisoblash tartibi, iqtisodiy faoliyatdan zarar ko'rilgandagi soliq hisobi va foyda solig'i bo'yicha yoritishlar batafsil tushuntiriladi
  • Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot: Ushbu bobda pul oqimlari to'g'risidagi hisobotning maqsadi va zaruriyati, pul oqimlarining mazmuni va shakli, tayyorlash uslubiyoti, xorijiy valyutadagi pul oqimlari va ular bo'yicha yoritishlar batafsil tushuntiriladi
  • Ko'zda tutilmagan vaziyatlar hisobi: Xo'jalik faoliyatining ko'zda tutilmagan vaziyatlari to'g'risida tushuncha,ularni baholash, hisobga olish tartibi, yoritish, hamda ko'zda tutilmagan vaziyatlar bo'yicha misollar келтирилади
  • Boğlik Tomonlar O'rtasidagi Muomalalar: Boğlik Tomonlar Haqida Tushuncha va uni Xisobga Olishning Zarurati,Boğlik Tomonlar O'rtasidagi Munosabatlar Shakllari, boğlik Tomonlar O'rtasidagi Muomalalar Xisobining Xususiyatlari, boğlik Tomonlar O'rtasidagi Muomalalarni yoritishlar.