Nemis tilida predloglar
Ushbu kitob nemis tilidagi predloglarga bag'ishlangan bo'lib, ularning nazariy jihatlari, qo'llanilishi va mashqlari keltirilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari, aspirantlar hamda nemis tilini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Predloglar haqida umumiy ma'lumot: Predloglarning so'z turkumi sifatida sintaktik aloqalarni ifodalashi, otlar, fe'llar va adverbialar bilan munosabati, va gapdagi o'rni haqida ma'lumot beriladi.
- Predloglarning kelishiklar bilan boshqarilishi: Akkuzativ, dativ va genitiv kelishiklarini talab qiluvchi predloglar, ularning asosiy ma'nolari va qo'llanilish holatlari misollar bilan tushuntiriladi.
- Akkuzativ kelishigidagi predloglar: Bis, durch, für, ohne, um, gegen, entlang, wider predloglarining ma'nolari, qollanilishi va misollar orqali yoritib berilgan.
- Dativ kelishigidagi predloglar: Ab, aus, außer, bei, dank, entgegen, gegenüber, gemäß, mit, nach, seit, von, zu, zuliebe, zuwider predloglarining ma'nolari, qollanilishi va misollar orqali yoritib berilgan.
- Akkuzativ va Dativ kelishigidagi predloglar: An, auf, hinter, neben, in, über, unter, vor, zwischen predloglarining ma'nolari va gapda qanday kelishikni qollash kerakligi tushuntirilgan.
- Genitiv kelishigidagi predloglar: Anlässlich, außerhalb, binnen, diesseits, infolge, jenseits, kraft, laut, mangels, mittels, oberhalb, seitens, statt, trotz, um...willen, unweit, während, wegen, zufolge predloglarining ma'nolari va qanday qollanilishi tushuntirilgan.
- Mashqlar: Turli kelishikdagi predloglarni qo'llashga oid mashqlar to'plami.
- Lug'at: Tekstlarda uchraydigan so'zlarning tarjimasi.
- Testlar: O'zlashtirilgan bilimlarni tekshirish uchun test savollari.