Автоматлаштирилган тизимларни қуриш асослари
Ushbu o'quv qo'llanma "Avtomatlashtirilgan sistemalarni qurish asoslari" fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) ning mohiyati, tuzilishi, vazifalari, tasnifi, loyihalashtirish bosqichlari, matematik va dasturiy ta'minoti, informatsion ta'minoti, tashkiliy ta'minoti, hamda ma'lumotlar bazalari va banklari kabi masalalar batafsil yoritilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- ABTga bo'lgan talablar va ABTning mohiyati: Xalq xo'jaligini rivojlantirishning dolzarb masalalari, ABTning maqsad va vazifalari, ABTga bo'lgan talablar
- ABT tasnifi: ABTlarni tasniflash mezonlari, ABT turlari, ABTni yaratish metodologik prinsiplari
- ABTning tuzilishi va tarkibi: Funksional quyi sistemalar, ta'minotchi quyi sistemalar, tashkiliy-funksional quyi sistemalar
- ABTni loyihalashtirish bosqichlari: Sistemani bosqichlarga ajratish, texnik topshiriqni ishlab chiqish, texnik loyihani ishlab chiqish, KABSni joriy qilish, KABS ishlashini tahlil qilish
- Korxona ABTlarining asosiy funksional quyi sistemalari: Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni boshqarish, texnik-iqtisodiy rejalashtirish, asosiy ishlab chiqarishni operativ rejalashtirish, moddiy-texnik ta'minot, mahsulotni sotish va realizatsiya qilish, buxgalteriya hisobi
- Moddiy-texnik ta'minotni boshqarish quyi sistemasi: Mahsulot o'tkazish va realizatsiya qilishni boshqarish, buxgalterlik hisobi quyi sistemasi
- Texnologik ta'minot: Texnologik ta'minot va texnologik jarayon tushunchasi, axborotni qayta ishlash tartibi
- ABTning informatsion ta'minoti: Informatsion ta'minot va uning vazifalari, informatsion ta'minotni ishlab chiqish prinsiplari
- ABTda informatsiyalarning ko'rinishlari: Axborotlarning guruhlanishi, axborotlarning ABTda qo'llanilishi
- ABTning programma ta'minoti: KABS programma ta'minoti vositasi klassifikasiyasi, ichki programma ta'minoti, tashqi programma ta'minoti
- Ma'lumotlar bazasi va banki haqida tushuncha: Ma'lumotlarni saqlash va ma'lumotlar bazasi haqida tushuncha, Ma'lumotlarning tarmoqli modeli.
- ABTning matematik ta'minoti: Matematik ta'minot tushunchasi, modelashtirish
- Iqtisodiy sistemalarning modelashtirish xususiyatlari: Iqtisodiy sistemalarni modelashtirish bosqichlari KABS masalalarining klassifikasiyasi va ularning xususiyatlari Prognoz qilish.
- Tashkiliy ta'minlash: Tashkiliy ta'minlash to'g'risida ma'lumot
- Loyiha aytishning avtomatlashtirilgan sistemalari: Loyiha aytishning avtomatlashtirilgan sistemalari to'g'risida ma'lumot