Mashinasozlik texnоlogiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarish
Ushbu kitob mashinasozlik sohasida kadrlar tayyorlash, ta'lim standartlari, texnologik jarayonlar va ularni loyihalash, ilg'or pedagogik texnologiyalar, talabalarning mustaqil ta'lim olishlari kabi masalalarni qamrab olgan. Kitobda kasb-hunar kollejlari o'quvchilarini mashinasozlik texnologiyasi fanidan o'qitish metodikasi, amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish, va o'quv materiallarini o'zlashtirish usullari ko'rsatilgan.
Asosiy mavzular
- Mashinasozlik texnologiyasining o'rni va ahamiyati: Mashinasozlik sanoatining O'zbekistondagi ahamiyati, rivojlanish tarixi, tarmoq korxonalarining faoliyati va kelajak istiqbollari.
- Tipaviy detallarni tayyorlash texnologik jarayonini loyihalash: Mashinasozlikda ishlatiladigan tipaviy detallarni tayyorlash texnologik jarayonining asoslari, turli detallar (val, tishli g'ildirak, podshipnik) uchun loyihalash usullari va texnik-iqtisodiy masalalar.
- Texnologik jarayonlarni optimallashtirish: Texnologik jarayonlarni optimallashtirishning maqsadlari, bosqichlari, matematik metodlar va kompyuter texnikasidan foydalanish orqali optimallashtirish.
- Ta'limda pedagogik texnologiyalardan foydalanish: Ta'limda ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llashning nazariy asoslari, uslublari, shuningdek, mustaqil ta'limni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullari.
- Amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish: Amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishda qo'llaniladigan usullar, vositalar, baholash mezonlari va interfaol metodlar.
- Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish: O'quvchilarning texnik, texnologik, bilimi ko'nikmasini shakllantirish asosida ularni texnik tafakkurini rivojlantirishga erishish va jarayonni tashkil etish.
- Po'g'onali vallar materiallari va ularni zagatovkalarini olish usullari.: Vallarning materiallari va zagatovkalari, qo'llanilishi va texnik xususiyatlari
- poʻgʻonali vallarga ishlov berish texnologik jarayoni.: Vallaarga ishlov berish texnologik jarayoni, va uni ishlatish soxalari
- Vallar tajirlash texnalogiyasi jarayoni.: tajirlashning texnik usullari va qo'llaniladigan jihozlar