O’simlikshunosliknig tabiy biologik asoslari
Ushbu kitob qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi vazirligi Andijon qishloq xoʻjalik instituti tomonidan nashr etilgan boʻlib, «Oʻsimlikshunoslik va paxtachilik» kafedrasining oʻsimlikshunoslikning biologik asoslariga bagʻishlangan maʼruza matnlaridan iborat. Kitob oʻsimliklarning biologik xususiyatlari, oʻsishi, rivojlanishi, hosildorligi va ularga taʼsir etuvchi omillar, biologik azot, oʻgʻitlash tizimlari, dala ekinlarini yetishtirish texnologiyasi va urugʻchilik kabi mavzularni qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Kirish. O'simlikshunoslikning tabiy biologik asoslari: Fanning maqsadi, vazifalari, o‘simlikshunoslik mahsulotini yetishtirishning tabiiy iqlim sharoitiga bog‘liqligi va tuproq unumdorligini saqlashda o‘simliklarning o‘rni.
- O'simliklar biologiyasining shakllanish sharoiti: O‘simliklar biologik shakllanish sharoiti va markazlari, biologik xususiyatlarining tabiiy iqlim sharoitiga bog‘liqligi va o‘simliklarning kelib chiqish markazlari.
- O'simlikning o'sishi, rivojlanishi, xosili va uning sifatiga ta'sir qiladigan omillar: O‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va o‘suv davri, o‘sishi va rivojlanishini boshqarish imkoniyatlari.
- Biologik azot va uning tabiatda almashinuvi: O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishida azotning o‘rni, biologik azotni o‘zlashtiradigan o‘simliklar va o‘zlashtirishga talab qilinadigan sharoit.
- O'g'itlash tizimining biologik asoslari: O‘simlik rivojlanishida o‘g‘itlarning o‘rni, ekinlarni o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi va tuproqlarni azot, fosfor va kaliy bilan ta’minlanganligi.
- Dala ekinlarini yetishtirishni texnologiyasining vazifalari: Dala ekinlari yetishtirishda qo‘llaniladigan tadbirlar, ularning vazifalari va hosilga ta’siri, texnologik tadbirlarni tuproq iqlim sharoiti bilan bog‘liqligi.
- Xosilni rejalashtirishda ekish me'yori va muddatlarining o'rni: Ekinzorlar tomonidan FARni o‘zlashtirish koeffitsenti, oziqlanish maydoni, foydali harorat yig‘indisi va ekish me’yori va muddatini hosilni shakllanishiga ta’siri.
- Urug'ning biologiyasi: Urug‘ning tushunchasi, biologiyasi, tinim davri, tozaligi va unuvchanligi.