Elektr va magnetizm

Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, "Elektromagnitizm" kursining asosiy mavzularini qamrab olgan ma'ruzalar to'plamidir. Kitobda elektrostatika, magnit maydon, elektromagnit induksiya, to'lqinlar va boshqa shu kabi fundamental tushunchalar batafsil yoritilgan. Har bir mavzu so'ngida talabalar bilimini mustahkamlash uchun sinov savollari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Elektrostatika: Elektr zaryadi, zaryadning diskretligi, elektr zaryadining saqlanish qonuni, Kulon qonuni, elektr maydoni, maydon kuchlanganligi, nuqtaviy zaryad maydonining kuchlanganligi, superpozitsiya prinsipi, Gauss teoremasi.
  • Elektrostatik maydonning potensiali: Elektrostatik maydon kuchlarining bajargan ishi, kuchlanganlik vektorining sirkulyasiyasi, elektrostatik maydon potensiali, nuqtaviy zaryad va zaryad tizimi maydonlarining potensiali, elektrostatik maydon kuchlanganligi bilan potensiali orasidagi bog'lanish, maydonlar superpozisiyasi prinsipi, elektr dipoli va dipol maydoni.
  • Elektrostatik maydondagi o'tkazgichlar: Zaryadning zichligi, tashqi elektr maydonidagi o'tkazgich, elektr sig'imi, kondensatorlar sig'imi, elektr zaryadlarining o'zaro ta'sir energiyasi, zaryadlangan o'tkazgichlar tizimining energiyasi, zaryadlangan kondensator energiyasi, elektrostatik maydon energiyasi zichligi.
  • Elektrostatik maydondagi dielektriklar: Dielektriklarning turlari, qutblanish zaryadlari, dielektriklarning qutblanishi, elektr siljish vektori, dielektrik singdiruvchanlik, segnetoelektriklar, «Dielektrik-dielektrik» va «o'tkazgich-dielektrik» chegarasidagi chegaraviy shartlar, dielektrikdagi elektrostatik maydon energiyasining zichligi.
  • O'zgarmas elektr toki: O'tkazgichlardagi elektr toki, elektr tokining mavjud bo'lish sharti, metallarda elektr o'tkazuvchanligining klassik nazariyasi, Om va Joul-Lens qonunlarining differensial va integral ko'rinishlari, tashqi kuchlar, elektr yurituvchi kuch (EYUK), kirxgof qoidalari, vakuumda elektr toki.
  • Kontakt hodisalar: Elektronning metalldan chiqish ishi, termoelektron emissiya, gazlarda elektr toki, ionlanish va rekombinasiyalanish jarayonlari, kontaktdagi potensiallarning farqi, termoelektrik hodisalari (Zeebek, Tomson va Pelte effektlari) va ularning qo'llanilishi, gaz razryadining to'liq volt-amper xarakateristikasi, plazma, plazmaning elektr o'tkazuvchanligi.
  • Magnit maydoni: Vakuumda magnit maydoni, magnit maydon induksiya vektori, vakuumda magnitostatikaning asosiy tenglamasi, magnit maydon induksiyasi superpozisiya prinsipi, Bio-Savar-Laplas qonuni, to'g'ri va aylanma tokning magnit maydonini hisoblash, vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi, solenoid va toroidning magnit maydoni.
  • Magnit maydoni tamonidan ta'sir etuvchi kuchlar: Magnit maydonida harakatlanuvchi zaryadli zarrachalarga ta'sir etuvchi kuchlar, Lorens kuchi, Amper kuchi, Xoll effekti, tezlatgichlar, magnit oqimi, vakuumdagi magnit maydon uchun Gauss teoremasi, tokli konturning magnit maydonidagi potensial energiyasi, bir jinsli magnit maydonidagi tokli ramka.
  • Elektromagnit induksiyasi: Faradey tajribalari, Faradey qonunlari, elektromagnit induksiya qonuni, Lens qoidasi, o'zinduksiya hodisasi, induktivlik, o'zaro induksiya, transformatorlar, magnit maydon energiyasi, magnit maydon energiyasi zichligi.
  • Moddadagi magnit maydoni: Molekulyar toklar, magnitlanish vektori, modda uchun magnitostatikaning asosiy tenglamalari, magnetiklarning turlari, diamagnetiklar, paramagnetiklar, ferromagnetiklar va ularning xossalari, gisterezis hodisasi.
  • Elektromagnit to'lqinlar. Nisbiylik nazariyasi: Maksvell tenglamalari, elektromagnit induksiya hodisasining Faradey-Maksvell talqini, siljish toki, uyurmaviy elektr maydon, elektromagnit maydon, elektromagnit to'lqinlar, elektromagnit to'lqinlarning tarqalish tezligi, elektromagnit to'lqin tenglamasi, elektromagnit maydon energiya zichligi va energiya oqimining zichligi.
  • Maksvell tenglamalari: Ma'lumot yo'q
  • Elektromagnit tebranishlar: Ma'lumot yo'q