Илмий ижод методологияси
Ushbu kitob ilmiy ijod metodologiyasi, fan falsafasi va ularning o'zaro bog'liqligini o'rganadi. Unda ilmiy bilishning shakllari, metodlari, ilmiy ixtirolarning jamiyatga ta'siri va fan tarixidagi muhim shaxslarning ijodiy faoliyati tahlil etiladi.
Asosiy mavzular
- Ilmiy ijod metodologiyasi kursi predmeti: Ilmiy ijod metodologiyasining vazifalari va maqsadlari, fan falsafasining ilmiy bilishdagi o'rni.
- Fan va Ijod: Ilmiy ijod tushunchasi va uning ilmiy jarayondagi o'rni, ijodning falsafiy negizlari.
- Falsafa va fan tarixida ijod muammolarining ishlab chiqilishi: Antik davr fan va falsafasida ilmiy ijod muammolari, Uyg'onish davri va Yangi davrda ilmiy ijodning rivojlanishi.
- Ijodning nazariy muammolarini ishlab chiqishga Sharq mutafakkirlarining qo'shgan hissasi: Markaziy Osiyo xalqlari ma'naviy ijodining qadimgi yodgorliklari, Al-Farg'oniy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Ibn Sinoning ijodiy faoliyati, Temuriylar davrida ilmiy-falsafiy, ijodiy faoliyat.
- Ijod jarayonini ifoda etish shakllari, metodlari va usullari: Ijod shakllarining xilma-xilligi, metod va metodologiya, bilmning empirik va nazariy darajalari, ilmiy bilishning umumfalsafiy, xususiy metodlari va shakllari.
- Ilmiy prognoz (bashorat) qilish ijodiy jarayon sifatida: Ilmiy bilishda prognoz (bashorat) qilishning o'rni, fanda prognoz (bashorat) ijod shakli sifatida, tadqiqotlarda ilmiy ijod va bashorat metodologiyasidan foydalanish.
- Ilmiy ijod tizimida fakt: Fakt ilmiy-tadqiqotning zarur elementi sifatida, ilmiy-tadqiqot tizimida fakt, fakt ilmiy-tadqiqot va ijodni asoslash mezoni sifatida.
- Eksperiment isbotlash usuli sifatida: Ilmiy eksperiment tushunchasi, eksperimentning turlari.
- Ijod jarayonida gipoteza (faraz)ning o'rni: Gipoteza (faraz) tushunchasi, fan va ijodda gipotezaning evristik roli, nazariylar tuzishning gipotetik-deduktiv usuli ijodiy jarayon sifatida.
- Nazariya ijodiy izlanish jarayoni va uning natijasi sifatida: Ilmiy nazariya tushunchasi, ilmiy nazariyaning asosiy funktsiyalari, ilmiy nazariya va amaliyotning o'zaro aloqasi.
- Ijod jarayonida intuitsiya: Intuitsiya tushunchasi, ijod jarayonida ongsizlik va onglilik.
- Tilni formallashtirish va ilmiy ijodda mantiqiy fikrlash shakllaridan foydalanish: Fan tili tushunchasi, ilmiy ijodda tilning o'rni, ilmiy ijodda mantiqiy fikrlash shakllari va qonunlarini universallashtirish.
- Hozirgi zamon axborot tizimlari va ilmiy ijod: Axborot jamiyatining vujudga kelishi, axborot tushunchasi, axborot tizimlarining turlari va shakllari.
- O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi: XXI asrda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning ko'p variantliligi muammosi, hozirgi davrda O'zbekistonda ilm-fan taraqqiyotining xususiyatlari.