Elektr tizimlari va tarmoqlari

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Navoiy kon metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti Energo-mexanika fakulteti «Elektr ta'minoti» kafedrasi talabalari uchun mo'ljallangan «Elektr tizimlari va tarmoqlari» fanidan nazorat ishlari va kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo'llanmadir. Qo'llanma kunduzgi bosqich «Elektroenergetika» ta'lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. Kitob Navoiy-2010 yilda chop etilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-nazorat ishi: Elektr tarmoq va tizimlari haqida umumiy tushuncha, Havo liniyalarining konstruktsiyasi, Elektr uzatish kabellarining konstruktsiyasi, Havo liniyalarining aktiv va reaktiv o`tkazuvchanligi, Transformatorlarda kuchlanish isrofi va boshqa mavzular qamrab olingan.
  • 2-nazorat ishi: Elektr tarmoq va tizimlarini bir chiziqli sxemasini chizish, aktiv va reaktiv quvvatlarni hisoblash, elektr uzatish liniyalarining simlarini, transformator va reaktiv quvvat qoplagichlarini tanlash.
  • Kurs loyihasini bajarish uslubiyoti: Kurs loyihasini bajarishdan maqsad, Kurs loyihasining topshirig`i, Kurs loyihasining tushuntirish xati va grafik qismini rasmiylashtirish tartibi, Kurs loyihasining titul varag`i.
  • Elektr tarmoqlar sxemasini tanlash: Elektr tarmoqlarining sxemasini tanlash uchun variantlar, Radial (ochiq tarmoqlangan), Halqasimon (yopiq zanjirli sxema), Aralash sxemalar va ularni tahlil qilish.
  • Elektr tarmoqlarida nominal kuchlanishni tanlash: Elektr tarmoq va tizimlarida nominal kuchlanishi tanlash, tavsiya etiladigan qiymatlar, kuchlanish tanlashda taxminiy yaqinlashuv qiymatini aniqlash.
  • Havo liniyalariga tayanchlar va simning ko'ndalang kesimi yuzasini tanlash: Kuchlanishi Un =35 kV va undan yuqori bo`lgan havo liniyalaridaga elektr tarmoqlariga bir simli va ikki simli yog`och, temir va temir betonli tayanchlar qabul qilish, simlarning ko'ndalang kesim yuzasini tanlash.