Электр энергиясини ишлаб чиқариш, узатиш ва тақсимлашни автоматлаштириш

Kitob elektr energetikasi tizimlarining avtomatlashtirilishiga bag'ishlangan bo'lib, elektr stansiyalari va podstansiyalarning ish rejimlari, avariya holatlarida boshqarish, himoya qurilmalari, teleboshqaruv va signallash masalalari yoritilgan. Kitobda reley himoyasi, kuchlanishni avtomatik rostlash, chastotani avtomatik sozlash, reaktiv quvvatni kompensatsiyalash kabi muhim mavzular batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, mikroprotsessorli tizimlarni qo'llashning afzalliklari ham ko'rsatib o'tilgan.

Asosiy mavzular

  • Avtomatik rostlash tizimlari: Avtomatik rostlash tizimlarining tuzilishi, elementlari, vazifalari va ularning energetika sohasidagi ahamiyati.
  • Elektr stansiyalarining ish rejimlari: Elektr stansiyalarida energiya ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish, gidro va turbogeneratorlarni boshqarish, aylanma chastotani rostlash usullari.
  • Elektr energetikasi tizimlarida ish rejimlarini avtomatlashtirish: Tarmoqlarda kuchlanishni avtomatik rostlash, reaktiv quvvatni kompensatsiyalash, zahirani avtomatik ulanishi, avtomatik qayta ulanish va chastotani rostlash.
  • Elektr ta'minot tizimida avariyaga qarshi himoya: Releli himoya qurilmalari, avariyaga qarshi avtomatika, teleboshqaruv va signallash tizimlari haqida ma'lumot.